Yangi import avtomobillarni istalgan shaxs tomonidan sotishga ruxsat beriladi to’liq malumot oling

Yangi import avtomobillarni istalgan shaxs tomonidan sotishga ruxsat beriladi to’liq malumot oling

yangi import avtomobillarni istalgan shaxs tomonidan sotishga ruxsat beriladi 1

«Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–244-son, 09.11.2022-y.) qabul qilindi

Farmon bilan davlat tomonidan tadbirkorlikni tartibga solishning cheklangan vositalari belgilandi.

Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish vositalari faqat normativ-huquqiy va texnik normativ hujjatlar asosida joriy etiladi.

Bunday hujjatlarda belgilanmagan tartibga solish vositalari huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.

2023-yil 1 yanvardan quyidagilar bekor qilinadi:

tadbirkorlar ustav fondini kamaytirishga oid qaror to‘g‘risida kreditorlarni yozma xabardor qilish va OAVda e’lon berish;
yangi import avtomobillarini faqat yuridik shaxslar – ishlab chiqaruvchilarning rasmiy dilerlari tomonidan sotish;
elektrni shartnomadagi hajmdan ko‘p ishlatgan yuridik shaxslarga elektr etkazib berishni to‘xtatib qo‘yish;
YaTT tomonidan yollangan xodimlarni Yagona milliy mehnat tizimida hisobga olish orqali soliq organlarida alohida hisobga qo‘yish.

2023-yil 1-martdan:

soliq to‘lovchilarga sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qarorlar ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi;
barcha yuridik shaxslarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali tijorat xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi;
Hukumat qarorlari bilan amalga oshiriladigan summasi BHMning 3 500 baravari va undan ko‘p davlat xaridlari bo‘yicha buyurtmalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
vazirlik, idora, muassasa va uning tarkibidagi tashkilot o‘rtasida qiymati BHMning 3 500 baravari va undan ko‘p tovarlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinishi taqiqlanadi.

Foydali Maslahatlar
Yangi import avtomobillarni istalgan shaxs tomonidan sotishga ruxsat beriladi