YANGI GVINEYa haqida

YANGI GVINEYa haqida

YANGI GVINEYa

YANGI GVINEYa (indonez tilida Irian) — Tinch okeanning gʻarbiy qismidagi orol. Kattaligi boʻyicha dunyo. da 2-oʻrinda (Grenlandiyadan keyin). Mayd. 829 ming km2 (baʼzi maʼlumotlarga koʻra 771,9 ming km2). Uz. 2000 km dan ziyod, eni 700 km gacha. Gʻarbiy qismi Indoneshya, sharqi PapuaYangi Gvineya davlatlari hududi.

Orolning qirgʻoqlari egribugri, quruqlik ichkarisiga ancha oʻyib kirgan qoʻltiqlar bor. Janubiy sohili yassi, qumli, shim. baland. Yangi Gvineyaning markaziy qismidan gʻarbdan sharqqa choʻzilgan togʻ tizmalari kesib oʻtadi. Eng baland joyi 5029 m (Jaya choʻqqisi). Harakatdagi vulkanlar bor. Janubiy qismi keng pasttekislik. Yangi Gvineyaning burmali zamini proterozoy va yuqori paleozoy jinslaridan tuzilgan, usti dengiz choʻkindilari bilan qoplangan. Iqlimi shim. da ekvatorial, jan. da subekvatorial, togʻ tepalarida nival iqlim. Tekisliklarda oʻrtacha oylik t-ra 25—28°. Yillik oʻrtacha yogʻin tekisliklarda 1000 mm dan, togʻlarda 4000 mm dan ziyod. Tez-tez dovul boʻlib turadi. Daryolari sersuv, quyi qismida kema qatnaydi. Sernam tropik oʻrmonlar flora va fauna turlariga boy. Janubiy da savannalar uchraydi. Milliy bogʻlar tashkil etilgan. Makkajoʻxori, yams, batat ekiladi. Kofe, kakao, kokos palmasi, kauchuk daraxtlari plantatsiyalari bor. Baliq ovlanadi. Yirik shaharlari: PortMorsbi, Madang, Sorong, Jayapura. Orolga yevropaliklardan dastlab 16-asrning 1-yarmida portugal dengizchilari borgan.

Ensiklopediya.uz
YANGI GVINEYa