“Yandeks” 2014-yilda eng ko‘p izlangan so‘zlar ro‘yxatini e’lon qildi
“Yandeks» qidiruv xizmati foydalanuvchilar tomonidan 2014-yilda eng ko’p izlangan so’zlar ro’yxatini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks».
Kompaniya ma’lumotiga ko’ra, so’rovlarning 95 foizi kundalik
hayotning turli jabhalari − ta’lim, turmush muammolarini yechish,
ko’ngilohar sohalar bo’lgan. Foydalanuvchilar turli atamalar va notanish
so’zlar, yangi so’zlar, memlar, yangi xizmatlar, bayramlarning
ma’nosini qidirgan.
2010−2013-yillarda deyarli bir xil so’zlar:
“sevgi», “imxo», “lizing», “epitet», “akkaunt», “wi-fi», “franshiza»
kabilar ko’p izlangan. 2014-yilda esa eng ko’p qidirilgan 25 ta so’zdan
13 tasi yangi bo’lgan. So’nggi 5 yilda ilk marta “sevgi» so’zi 1-o’rinni
egallay olmagan. “Selfi» birinchi, “maydan» ikkinchi, “SNILS» uchinchi
ko’rsatkichni qayd etgan.
Manba:
Yangiliklar
“Yandeks” 2014-yilda eng ko‘p izlangan so‘zlar ro‘yxatini e’lon qildi