YANA-INDIGIRKA PASTTEKISLIGI haqida
YANA-INDIGIRKA PASTTEKISLIGI
YANA-INDIGIRKA PASTTEKISLIGI — Laptevlar va Sharqiy Sibir dengizlari sohilidagi pasttekislik. Gʻarbda Omoloy daryosi vodiysidan sharqda Indigirka daryosigacha 700 km dan ortiq masofaga choʻzilgan. Eng serbar joyi 300 km. Koʻpchilik joylarda bal. 100 m (ayrim qoldiq qirlarning bal. 350—500 m). Gʻovak dengiz va quruqlik yotqiziqlari hamda qalin muzlar bilan qoplangan. Kattagina qismida tundra oʻsimliklari oʻsadi. Yana-Indigirka Pasttekisligi kuchli botqoqlashgan. Termokarst koʻl koʻp.
Ensiklopediya.uz
YANA-INDIGIRKA PASTTEKISLIGI