XXTUT va IFUT: hujjatda qaysi kodni koʻrsatish kerak?
Ushbu masala yuzasidan “Nalogoviye i tamojenniye vesti” tahririyatiga koʻplab savollar kelib tushmoqda.
Masalan, endi shartnoma taraflari rekvizitlarida IFUT kodlarini koʻrsatish kerakmi-yoʻqmi degan savol ochiqligicha qolmoqda. Negaki hisobvaraq-faktura blankasi haligacha IFUT emas, balki XXTUT kodini koʻrsatishni talab etmoqda. Bu tushunmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Asosiysi, har ehtimolga qarshi barcha kodlarni koʻrsatish istagini uygʻotmoqda. Hisobotlar borasida ham shu masala koʻndalang turibdi: qaysi hujjatlarda yangi tasniflagich kodlarini koʻrsatish darkor?
“NTV”ning maхsus tahlilida ekspert tadbirkorlar va buхgalterlarni qiziqtirayotgan savollarga javob berdi. Muallif shartnomalar, hisobvaraq-fakturalar, buхgalteriya balansi, moliyaviy natijalar, oʻz kapitali, pul oqimlari toʻgʻrisida hisobotlar, hisobga olish hisob-kitob priborlaridan koʻrsatkichlarni olish dalolatnomasi, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalash boʻyicha shartnoma tuzish haqidagi ariza va boshqalarda qanday kodlar aks ettirilishi kerakligini keltirib oʻtgan.
Maqolaning toʻliq matni bilan bu yerda yoki “Nalogoviye i tamojenniye vesti” gazetasining elektron versiyasiga obuna boʻlish orqali tanishish mumkin.
Savollarga javoblar
XXTUT va IFUT: hujjatda qaysi kodni koʻrsatish kerak?
manba:norma.uz