XUSUSIYAT
XUSUSIYAT — biror narsa va hodisaning boshqa narsa va hodisadan farqini yoki ularning umumiyligini kursatib turuvchi xossalari, jihatlari va belgilari. X. narsalarning uzaro taʼsir va munosabatlari jarayonida uzini namoyon etadi. Xossa Xususiyatni bilishda pogʻona boʻlib xizmat qiladi. X. barcha narsaga tegishli bulib, uziga xos va umumiy, asosiy va asosiy bulmagan, zaruriy va tasodifiy, tabiiy va sunʼiy va sh. k. xossalarga ajratiladi. X. narsalarning ichki mohiyatini belgilab, inson ongiga boglik boʻlmagan holda mavjud. Har qanday X. nisbiydir. Narsa va hodisalar Xususiyat larini oʻrganish ularning sifatini bilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ensiklopediya.uz
xususiyat