XUSRAV
XUSRAV — Sharqda anʼanaviy badiiy obraz. X. dastlab 6-a. da pahdaviy tilida yaratilgan «Xusrav va Ridak» asarida uchraydi. Asar axloqiytaʼlimiy xarakterga ega boʻlib, unda musiqa, xattotlik, insho, oʻq otish, chovganbozlik, kurash, shatranj va nard oʻyinlarini egallagan yosh yigitning hojasi Xusrav bilan savoljavoblari tasvirlangan. Xusravning prototipi sosoniylar shahanshohi Xusrav II Parvizdir. X. Firdavsiy «Shohnoma»si qahramonlaridan biri hisoblanadi. Nizomiy Ganjaviyning «Xusrav va Shirin» dostonida u mukammal badiiy obraz darajasiga koʻtarilgan. Shundan soʻng bu obraz Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Hindiston xalqlarining ogʻzaki ijodi, yozma adabiyotidan keng oʻrin olgan. Hatto X. Tabariy, Johiz, Balʼamiy, Saolibiy singari olimlar asarlarida ham ijobiy obraz sifatida tasvirlangan. Keyinchalik X. obrazi Xusrav Dehlaviyning «Xusrav va Shirin» (13-a.), Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» (15-a.), Hotifiyning «Xusrav va Shirin» (16a.), Vahshiy Bafqiyning «Farhod va Shirin», (16-a.), Ruhilaminning «Xusrav va Shirin» (17-a.) singari asarlarida ham keng tasvirlangan.
Ensiklopediya.uz
XUSRAV