XUSHHOLXON XATTAK

XUSHHOLXON XATTAK

XUSHHOLXON XATTAK, Xushholxon (1613.18.6 — Akora —1691) — afgʻon shoiri, mutafakkiri. Afgʻonlarning xattak qabilasi boshligʻi, Boburiylar saltanatiga qaram Akora viloyatining hokimi (1641-y. dan). U afgʻon qabilalarini birlashishga daʼvat etgan, xalqning milliy ozodlik harakatiga boshchilik qilgan, yurtdoshlarini oʻz mustaqil milliy davlatlarini tuzishga chaqirgan, taʼsirchan sheʼriyati bilan xalqni kurashga ruhlantirgan. Milliy afgʻon tili — pushtu (pashtu) da forstojik mumtoz adabiyoti anʼanalarini mujassamlashtiruvchi goʻzal sheʼriyat yaratgan. Asarlarida birodarlik, doʻstlik, ishqmuhabbat, mustaqillik, odobaxloqni kuylagan. Xushholxon Xattak yaratgan adabiy maktab afgʻon adabiyotining keyingi taraqqiyotiga kuchli taʼsir koʻrsatgan.

Ensiklopediya.uz
XUSHHOLXON XATTAK