Xushbo‘y olam: Atir tanlashda qo‘l keladigan 10 ta tavsiya
Goodlook — ob-havoga qarab kiyim tanlash
Chiroyli kiyinmoqchimisiz: yordam beradigan maxsus ilovalar bor
Ko‘pchillik kiyim tanlashda qiynaladi. Qanday kiyinsam ekan, qaysi urf mos keladi, deydi. Turli buyumni qanday qilib bir-biriga uyg‘unlantirsa bo‘ladi? Hozir nima urfda? Bunday muammolar bilan duch kelsangiz, havotir olmang, sizga maxsus ilovalar yordam beradi. Eng foydalilari quyida keltirildi:
Fashion — qomatga qarab kiyim tanlash
Libosni tanlayotganda, har kim o‘z qomatining o‘ziga xos tomonlarini tushinib olish juda muhim. Fashion ilovasi xohlaganingizdek natija beradigan kiyimni tanlashda yordam beradi, farqlarini ham ko‘rsatadi.
Dastur qomatning toifasini belgilaydi va ushbu taklifdan kelib chiqib maslahat beradi hamda garderobingizdagi turli kiyimlarni bir-biriga mos keltirishingizga yordamlashadi. Turli naqshlar, bichim, matoning tarkibi va hatto optikaning asosiy qonunlarini. Bularning barchasini professionallar atroflicha bayon qilgan va o‘z sirlarini baham ko‘rishgan. Ilovada ushbu mavzuga bag‘ishlab infografika taqdim etilgan.
Closet Love — barcha buyumlarni hisoblaydi
Closet Love’da mavsumga, modaga, ranglar gammasiga va shunga o‘xshash jihatlarga qarab kiyimlar kolleksiyasini shakllantirsa bo‘ladi.
Ilova foydalanuvchilarga yanada tartibli bo‘lishi uchun yordam beradi. Raqamli garderob kerakli buyumni topishga unga qanday aksessuarlar yarashishini esga olishga yordam beradi. Dastur hatto qaysi buyum kimyoviy tozalashda turganini kuzatib turadi. Tajribali stilistlar mos kiyim-bosh tanlashga yordam beradi, kerakli buyumlarni “do‘kon” bo‘limidan sotib olsa ham bo‘ladi.
Sharhlovchilar ilovani ularning yanada tartibli bo‘lishiga yordam bergani uchun yaxshi ko‘radi: «Eng yoqimlisi, kiyimlarining o‘zaro uyg‘unligini yaratish imkoniyati bor. Barcha buyumni teglar bilan belgilash va guruhlashtirish mumkin». Ko‘pchillikning tan olishicha, o‘z garderobini suratga olish ancha mushkul ish, ammo natija shunga arziydi.
Stylebook — kiyimlardan kollaj yaratish
Stylebook ilovasi foydalanuvchiga garderobining hisobini yuritish va xaridni rejalashtirishga yordam beradi. O‘zingizdagi barcha kiyimlarning ro‘yxatini tuzib chiqsa bo‘ladi, bu kiyimlarning takrorlanishidan va ortiqcha sarf-xarajatlardan qachishga hamda yana nimani xarid qilishni belgilab beradi.
Dasturda kollaj yaratish juda qulay, chunki buning uchun unda maxsus uskuna o‘rnatilgan. Komplekt tuzish imkoni mavjud, garderob buyumlarini kutilmagan uyg‘unlikni yaratish uchun birin ketin ko‘rsatish mumkin. Virtual shkafda kiyimlarni brendi bo‘yicha, rang bo‘yicha, razmeri bo‘yicha va parametrlari bo‘yicha taxlash mumkin..
Ko‘tarinkilik va obraz yaratish uchun keng qamrovli kutubxonadan foydalansa bo‘ladi, buning uchun ilova o‘rnatilgan. Tayyor komplektdagi tanlangan fotografiyalar qayta ko‘rish uchun taxlamada saqlanadi. Qolaversa, oxirgi yangiliklarlardan xabardor bo‘lishi uchun moda insayderlardan olingan intervyularni e’lon qilib boradi.
Stylicious — garderobni tashkillashtirish
Stylicious, bu garderob tashkilotchisi hisoblanadi, unda kiyimlarni raqamlashtirish va smartfonning o‘zida lukbuk yaratish mumkin. Endi shoping vaqtida xarid bo‘yicha bir qarorga kelish oson.
Ilovada taqvim o‘rnatilgan va obrazlarni almashtirish hamda bir buyumni har kuni ketma-ket kiyib yurmaslik mumkin. «Sayohat» va safarga o‘zingiz bilan nima olib yurishingiz rejalashtirishingiz, safar chog‘ida aynan qaysi kiyimni kiyishni belgilab olishingiz mumkin.
Bulardan tashqari, dasturda xarid qilish imkoni ham mavjud va u bilan birga komplekt yaratsa bo‘ladi. Bo‘limlarning birida mahoratli stilistlar tomonidan yaratilgan nusxalar bilan solishtirish mumkin hamda tayyor lukka mo‘ljal olish mumkin. «Ilovaga rahmat, u juda zo‘r! O‘zingning shaxsiy lukbukingni yig‘asan!», — deyiladi sharhda.
«Kiyimdagi rang» — rang uyg‘unligini tanlash
Bir-biriga mos rangdagi kiyim-bosh tanlash oson ish emas. Tajribasi yoki maxsus ma’lumoti bo‘lmagan kishi butun bir obrazida aks etuvchi jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin. Shu bois yaxshisi, avtomatik tarzda munosib ranglar uyg‘unligini tanlab beradigan «Kiyim rangi» ilovasidan foydalangan ma’qul.
Bunga tushunish uchun asosiy buyumdagi rangni ko‘rsatish kerak. Dastur shu zahotiyoq unga mos keladigan ranglarni tanlaydi, Uni virtual kiyim sifatida kiyib ko‘rsa bo‘ladi. Ilovada 150 turdagi ranglar uyg‘unligi mavjud. Ularda eng ekzotik uyg‘unlik hatto, modaga ashaddiy berilganlarni ham hayratga sola oladi.
«Kiyim rangi» reklama ko‘rsatmaydi, sotib olishni taklif etmaydi, Shu bois u App Store’da yaxshi reytingga ega: «Ilovani shunchaki qiziqishdan sotib olgandim, kutilmaganda u juda foydali chiqib qoldi: obrazimga mos rangni tanlayman va shu zahotiyoq unga mos aksessuarlar ham ma’lum bo‘ladi», — deb yozadi foydalanuvchi o‘z izohida.
Goodlook — ob-havoga qarab kiyim tanlash
Goodlook — yashashingizga qarab kiyim-bosh tanlash qo‘llanmasi. Ilova har kuni yangi tayyor luklarni taklif etadi: ko‘ylakka mos oyoq kiyim, shim o‘ziga mos aksesssuarlari va hatto kosmetikasi bilan taqdim etiladi.
Ayniqsa, dasturni sozlash orqali ob-havo va haroratni ham ko‘rsatishingiz mumkin va shunga kura ilova kiyim tanlaydi. Kuz oylari ayniqsa, o‘z obrazingizni issiqroq kiyim-boshda, deylik issiq palto yoki kashemir sviterda ko‘rish kalta ishton yoki maykada namoyon bo‘lishdan ko‘ra ancha qiziqarliroq bo‘lsa kerak. Bundan tashqari, Goodlook ijtimoiy tarmoq orqali blogerlar va stilistlarning tayyor obrozlarini taklif etib, yangi g‘oyalarni ham o‘rtaga tashlaydi.
Ishlab chiqaruvchining saytiga kirib sizga yoqqan barcha kiyimni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovaning o‘zida xarid qilishingiz mumkin.
The Hunt — tanlagan stilingizga boshqa foydalanuvchilar baho beradi
Agar istagingiz faqat o‘zingizning stilingizni yaratish bo‘lmay, boshqalarga ta’sir qilmoqchi bo‘lsangiz, unda sizga The Hunt juda mos tushadi. Bu yerda o‘zingizga yoqqan obraz rasmini e’lon qilishingiz mumkin va boshqalarning ham shunday rasmlarini tomosha qilsangiz bo‘ladi. Hatto ularga maslahatlar berib, eng qiziqarli variantlarga ovoz ham berasiz. Ilovada sotib olmoqchi bo‘lgan kiyimlarning ro‘yxatini tuzib chiqsangiz bo‘ladi.
Dastur foydalanuvchilari o‘zlariga yoqqan buyum yoki aksessuarlar topishda bir-biriga yordam berishi mumkin. Obroz suratini yuklaysiz va tarmoqdagi do‘stlaringiz uni baholaydi hamda maslahatlarini beradi. Kiyimni qismlarga bo‘lib chiqadi va ularni qayerdan xarid qilishni aytib beradi. Eng qulayi, uni so‘rashda ko‘ngilsizlik kelib chiqmasligi uchun xaridga ajratilgan pul miqdorini, aniqrog‘i byudjetingizni ham ko‘rsatsangiz bo‘ladi.
Stylish Girl i Cool Guy — erkaklar va ayollar uchun garderob
Bitta dasturchidan ikkita variantdagi ilova: erkaklar va ayollar varianti. Ikkalasi ham standartli qulay xizmatlarni taklif etadi: kiyimlar katalogi, tayyor obrazlar, onlayn-do‘konlar va garderobni rejalashtirish.
Mazkur dastur Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan modalar haftaligida namoyish etildi. Yuklangan fotografiya buyumlarning noodatiy uyg‘unlashuvini taklif etadi va komplektni aralashtirib, bir hafta oldinga obraz yaratadi.
Stylish Girl «Ushbu ajoyib ilova menga zo‘r kiyinishim va so‘nggi trendlar haqida xabardor bo‘lishimga yordam beradi», — deydi qizlar.
My little closet — shinam raqamli garderob
My little closet oddiy ilova bo‘lib, foydalanuvchilarga ortiqcha xizmatlarni taklif etmaydi. Chiroyli ikonka dasturning maqsadini aks ettiradi — raqamli garderob. Ushbu ilova buyumlarni toza saqlash va komplektga guruhlashtirish uchun qo‘l keladi.
Ixcham interfeys bo‘limlarda adashmaslikka yordam beradi: har bir toifadagi kiyim o‘zining “tayoqchasiga” ega. Dasturga parametrlarni, ya’ni rang, razmer, yil mavsumi, stil va boshqalar ko‘rsatilgan buyumlar fotosuratini yuklash juda qulay. Shu bilan birga, istasangiz kengaytirilgan versiyasini sotib olishingiz umkin va so‘rov bo‘yicha garderob narsalarini qidirish imkoniyatiga ham ega bo‘lishingiz mumkin.
Xushbo‘y olam: Atir tanlashda qo‘l keladigan 10 ta tavsiya
“Parfyumer” romanining bosh qahramoni o‘ziga ishongan edi: kim xushbo‘y hid taratsa, u odamlarning qalbiga ham egalik qiladi. Iforlar chindan ham ko‘p narsaga qodir, o‘zni ifoda etishga yordam beradi, zavqlantiradi, hatto yo‘ldan ozdirishi ham mumkin. Buning uchun, albatta, har kim o‘ziga tegishli iforni topishi kerak.
Odatda chaqqon ayollar har bir fasl uchun moslab atir tanlaydi. Tanlash ham oson ish emas. Yaxshisi, qanday tanlash, ulardan foydalanish sirlari va saqlash usullari haqida batafsil malumotga ega bo‘ling.
Parfyumlarni sog‘lom holatda tanlash kerak
Ushbu vositalarni xarid qilish chog‘ida insonning salomatligi me’yorida bo‘lishi kerak. Masalan, bosh og‘rig‘i, tumov va burun bitishi kabi holatlarda tanlovni biroz keyinga qoldirgan ma’qul.
Ifor taralishiga imkon berish kerak
Atir tanlashda uni teriga sepib, biroz kutishga to‘g‘ri keladi. Sababi u qo‘llanilgandan so‘ng ifor konsentratsiyasi juda yuqori bo‘lganidan, darhol o‘tkir hid buringa uriladi. 5 daqiqadan so‘ng esa atirlarning haqiqiy ifori sezila boshlaydi.
Iforni o‘zingizda his etishga qo‘rqmang
Ko‘pchilik ayollarda kuzatiladigan holat. Masalan, boshqa birovdan kelayotgan atir hidi yoqimli tuyuladi. Ammo o‘zida qo‘llanilganda, buning aksi ro‘y beradi deb o‘ylaydi. Bu shunchaki holatga ko‘nikishdan iborat. Aslida qandaydir ifordan zavqlanishning o‘zi yaxshi alomat.
Atirlarni faqat teri qismiga sepish lozim
Odatda liboslar ustidan atir sepish odatga aylangan. Kiyim matosi esa kun davomida turli xil hidlarni o‘zida saqlab qoladi va atir hidi bilan aralashib ketadi. Atir tanlashda ham, albatta, mato ustiga emas, teri yuzasiga sepish va hidlab ko‘rish tavsiya etiladi. Shuningdek, har bir insonning o‘ziga monand ifori mavjud, u atir bilan aralashib o‘ziga xos xushbo‘y yaratdi.
Me’yorni unutmaslik
Kun davomida atirdan 1-2 marta foydalanish tavsiya etiladi. Ayrimlar har bir soatda atir sepaverib, o‘zidan kelayotgan hid bilan ham atrofdagilarning e’tiborini tortadi. Ba’zi hollarda esa suhbatdoshni ham noqulay ahvolga solishi mumkin.
Atirni to‘g‘ri sepish qoidasi
Agar iforni ko‘proq saqlab turish kerak bo‘lsa, uni bo‘yin va sochlarga qarata sepish kerak. Shuningdek, uni havo oqimiga sepib, hosil bo‘ladigan tomchilar ostida turish ham yaxshi samara beradi.
Atirlarni saqlash qoidasi
Atirlarni to‘g‘ri saqlash juda muhim. Eng yaxshi variant – qorong‘i va salqin joy, lekin havo aylanib turishi kerak. Agar atirlar avvalgidan boshqacha tuyulishni boshlagan bo‘lsa, uni darhol muzlatkichga qo‘yish kerak. Taxminan + 5 darajada molekulalarning harakatlanish tezligi o‘zgaradi va avvalgidek xushbo‘ylikni yana his etish mumkin.
Atir sepilgandan keyin qo‘l bilan silash mumkin emas
Ko‘pincha ayollar atirni sepib, qo‘l bilan silash yanada yaxshiroq bo‘y taratadi degan fikrda. Bu, albatta, noto‘g‘ri fikr, chunki ishqalanish tufayli ifor buziladi va uning taralishi o‘zgaradi. Iloji bo‘lsa, atirdan foydalangandan so‘ng uni tabiiy yo‘l bilan qurishiga imkon berish kerak.
Aralashtirish va tajriba
Agar yuvinish uchun mo‘ljallangan gel bilan atirning hidi aralashadi, deb o‘ylasangiz, adashasiz. Sababi gelning hidi uzog‘i bilan yarim soatdan so‘ng yo‘q bo‘ladi. Undan so‘ng atir sepilsa hech qanday aralashma hid yuzaga kelmaydi.
Yosh, mavsum va maslahat
Parfyumeriya xuddi ikkinchi teri qavatiga o‘xshaydi, u yaxshi va yoqimli bo‘lsa, inson o‘zini shuncha qulay his etadi. Mutaxassis tomonidan yoshga, mavsumga yoki urfga nisbat berilgan holda atirlar tavsiya qilinishi mumkin. Lekin aynan did va so‘nggi tanlov barchasini hal etadi.
- Erkaklar va ayollar birdek foydalanishi uchun mo‘ljallangan universal atirlar (foto)
- Ayollar haqida yomon taassurotga sabab bo‘luvchi 5 gigiyenik xato
- Go‘zal tashqi ko‘rinishga ega bo‘lish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? 6 tavsiya
Qiziqarli malumotlar
Xushbo‘y olam: Atir tanlashda qo‘l keladigan 10 ta tavsiya