Xurmo mevasining foydali xususiyatlari
Bu yorqin rangli meva o‘ziga xos mazasi sabab “oltinrang quyosh”, “xudolar taomi” deya e’tirof qilingan. Shu bilan bir qatorda dunyoning turli mamlakatlarida mazkur meva turli xildagi nomlar bilan atalgan. Xususan:“xitoy shaftolisi”, “yovvoyi xurmo”shular jumlasiga kiradi. Hozirda mazkur mevaning besh yuzdan ortiq navlari aniqlangan bo‘lib, ularning aksariyati tropik mamlakatlarda o‘sadi. Xurmoning foydali xususiyatlari haqida juda ko‘p gapirilgan. Biz ularning asosiylariga to‘xtalamiz. Xurmoning inson salomatligi uchun foydasi Xurmo o‘zida bir qancha foydali jihatlarni jamlagani bilan, uni iste’mol qilishga doir qarshi ko‘rsatmalar ham mavjud. Meva tarkibida ko‘p miqdorda shakar moddasi mavjudligi sabab qandli diabet bilan aziyat chekayotgan bemorlarga uni yeyish tavsiya qilinmaydi. Shu bilan bir qatorda u ortiqcha vaznning yig‘ilishiga ham sabab bo‘ladi. Uning tarkibida tanin moddasi mavjud. Shu sabab ichaklar spazmi (siqilishi) va qabziyatda iste’mol qilish mumkin emas. Xurshida HUSENOVA soglom.uz/tavsiya/xurmo-mevasining-foydali-xususiyatlari/Xurmo mevasining foydali xususiyatlari
DO`STLARGA ULASHING:
Xurmo mevasining foydali xususiyatlari