XURJUN

XURJUN

XURJUN — ikki qopchiq (boʻlma)li toʻrva, Sharq mamlakatlarida qadimdan narsa (yuk) koʻtarib yurishda keng foydalaniladi. X. taxm. 100×40 sm li toʻrtburchak shaklga ega boʻlib, qopchiqlari yuz tomonining 2 chetida joylashadi, ikki buklanganda krpchiklar ustmaust tushadi. Kishi qopchiqlarni oldi va orqasiga oshirib yelkasiga osib oladi, ulovlar (ot, tuya, eshak va b.)da esa X. ulov ustidan oshirib uning ikki yoniga osilgan holda joylashadi. Amaliy bezak sanʼati—gilamchilikda (paloye va gilam kabi) toʻqib tayyorlanadi, naqsh mujassamotini yoʻlyoʻl, handasiy shakllar tashkil qiladi.

Ensiklopediya.uz
XURJUN