XUDOYORXON OʻRDASI

XUDOYORXON OʻRDASI

XUDOYORXON OʻRDASI — Qoʻqondagi meʼmoriy yodgorlik (19-a. 2-yarmi); Qoʻqon xoni Xudoyorxon qurdirgan. Meʼmor va muhandis Mir Ubaydulla loyihasi va rahbarligida bunyod etilgan; ustalardan Mulla Suyarqul, Solixoʻja va buxorolik usta Fozilxoʻjalar qatnashgan, koshinlarini rishtonlik kulol usta Abdulla mahorat bilan bajargan. Xudoyorxon oʻrdasi toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (68×143 m) boʻlib, sunʼiy tepalikka baland gʻishtin poydevorli qilib qurilgan: xon qarorgohi, oʻrda ahli yashaydigan hamda turli maqsadlarda foydalaniladigan 100 ga yaqin kattakichik xonalar, ichkitashqi hovlilardan iborat boʻlgan. Birinchi hovlida ayvon, koʻrinishxona, xazinaxona, alohida saxdli masjnd, markazda xon qarorgohi (shohnishin), salomxona, xoʻjalik binolari, ikkinchi hovlini uning sahni bilan bogʻlangan haram va xos xonalar egallagan; haramxonalari bezaklari odmi boʻlib, asosan, quyma ganch ishlatilgan, haramxonalariga ayvonchaga oʻxshash oʻtish joylari (yoʻlaklar) orqali kirilgan.

Ensiklopediya.uz
XUDOYORXON OʻRDASI