Xudoyberdi To xtaboyevning Sariq devni minib romani

Xudoyberdi To xtaboyevning Sariq devni minib romani

Sarguzashtlilik zaminida jamiyatdagi illatlarga qarshi kurashga qaratilishi jihatidan “Shirin qovunlar mamlakati yoxud sehrgarlar jangi”, “Mungli ko’zlar” romanlari “Sariq devni minib”, “Sariq devning o’limi” romanlarining mantiqiy davomidir. Agar “Sariq devni minib” romani sujetida sehrli qalpoqcha alohida o’rin tutsa, “Shirin qovunlar mamlakati”da Akromning hid biluvchi burni yetakchi o’rinda turadi.

JAHONGASHTA ADIB Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

bolalar prozasi / badiiy sujet / kompozitsiyon tugallik / germenevtik tahlil / badiiy matn / qiyosiy tahlil / ijodiy tendensiya / mantiqiy tafakkur / tahlil va talqin / jahon adabiyoti. / children’s prose / artistic plot / compositional completeness / hermeneutic analysis / literary text / comparative analysis / creative tendency / logical thinking / analysis and interpretation / world literature

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Safo Matjonov

Маzkur maqolada “Sehrli qalpoqcha”, “Sariq devni minib”. “Besh bolali yigitcha”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Mungli ko`zlar”, qissa va romanlarining tahlili misolida Xudoyberdi To`xtaboyev ijodining o`ziga xos xususiyatlari, o`zbek bolalar adbiyoti taraqqiyotida tutgan o`rni va roli jahon bolalar adabiyotidagi nasriy asarlar qiyosi asosida tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Safo Matjonov

SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA TABIAT VA INSON MUNOSABATLARINING BADIIY TALQINI
“Mehrobdan chayon” romanida troplarning ishlatilishi
Adabiyot darslarida ijodkor tarjimaiholini o‘rgatish xususida
TIL TARAQQIYOTI. TIL TARAQQIYOTINING ICHKI QONUNIYATLARI
Nazar eshonqulning “momoqo‘shiq” Qissasi badiiy talqini
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WORLDLY-WISE WRITER

This article analyzes stories and novels such as “The Magic Hat”, “Riding the Yellow Giant”, “The Boy with Five Children”, “The Golden Head of the Avengers”, “Sad Eyes”. In their example, the peculiarities of Khudoiberdi Tokhtaboyev’s work, the role and place in the development of Uzbek children’s literature are analyzed on the basis of a comparison of prose works in world children’s literature.

Текст научной работы на тему «JAHONGASHTA ADIB»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 JAHONGASHTA ADIB

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institute professori

Mazkur maqolada “Sehrli qalpoqcha”, “Sariq devni minib” “Besh bolali yigitcha”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Mungli kozlar”, qissa va romanlarining tahlili misolida Xudoyberdi Toxtaboyev ijodining oziga xos xususiyatlari, ozbek bolalar adbiyoti taraqqiyotida tutgan orni va roli jahon bolalar adabiyotidagi nasriy asarlar qiyosi asosida tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar: bolalar prozasi, badiiy sujet, kompozitsiyon tugallik, germenevtik tahlil, badiiy matn, qiyosiy tahlil, ijodiy tendensiya, mantiqiy tafakkur, tahlil va talqin, jahon adabiyoti.

WORLDLY-WISE WRITER Safo Matjonov

Professor of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

This article analyzes stories and novels such as “The Magic Hat”, “Riding the Yellow Giant”, “The Boy with Five Children”, “The Golden Head of the Avengers”, “Sad Eyes”. In their example, the peculiarities of Khudoiberdi Tokhtaboyev’s work, the role and place in the development of Uzbek children’s literature are analyzed on the basis of a comparison of prose works in world children’s literature.

Keywords: children’s prose, artistic plot, compositional completeness, hermeneutic analysis, literary text, comparative analysis, creative tendency, logical thinking, analysis and interpretation, world literature.

Xudoyberdi To’xtaboyev . Bu nomini eshitganda yoki o’qiganda katta-kichik – barchaning yuz-ko’ziga bir iliqlik yoyilishini kuzatish mumkin. O’ylab qolaman. Ijodkorning kitobxonlar qalbiga bu qadar chuqur kirib borishining sababini tusmollayman. O’zbek bolalar adabiyoti dovrug’ini nafaqat rus, ukrain, ozarbayjon, qozoq, gruzin, qirg’iz, belarus, turkman kabi hamdo’stlik mamlakatlari kitobxonlari, balki uzoq xorijlik: ingliz, arab, yapon, nemis, bolgar, fransuz, ispan, chex bolalari

orasida ham keng yoyib kelayotgan adibning badiiy mahoratini yuksaltirgan omillar to’g’risidagi kuzatishlar hayoldan kechadi.

“Har bir yozuvchining o’ziga xos hayot yo’li bor,- deb yozgan edi akademik M.Qo’shjonov “Sariq devni minib” kitobidagi so’zboshida. – Tabiiyki, u tug’ilib o’sgan muhit ham, uning bolalik chog’lari-yu ilmga intilishlari ham, va nihoyat, adabiyotga kirib kelish yo’llari ham o’ziga xos bo’ladi. Xudoyberdi To’xtaboyevning yozuvchilar safiga kirib kelish sirlari bilan qiziqsangiz, anglaysizki, u adabiyot maydoniga o’nqir-cho’nqir yo’llar bilan, ba’zan qoqilib-suqilib, qanchadan-qancha qiyinchliklarni yengib kirib kelgan”.

Ustozga qo’shimcha qilib aytish joizki, mahorat cho’qqilarini egallashda “o’nqir-cho’nqir yo’llar” va turli qiyinchiliklar bilan birga, xalq ruhiyati va til boyliklarini o’zlashtirish bilan bog’liq Hudo bergan talantini ham alohida ta’kidlash zarur.

O’z a’moli, shaklu shamoyili, mazmun-mundarijasi bilan beg’ubor bolalikni jumboqlar olamiga o’xshatish mumkin. Xo’rozlarning nima uchun tonggacha qichqirishiyu, ayrim qushlarning qishda issiq o’lkalarga uchib ketishidan tortib, Vatan tuprog’ining sajdagoh kabi muqaddasligiyu, ezgulik bilan yovuzlik o’rtasidagi ziddiyatning abadul-abad davom etishi bilan bog’liq bo’lgan barcha muammolar bu sehrli dunyoning doimiy sir-sinoatidir.

Kichkintoylarni ana shu sir-sinoat bilan yaqindan tanishtirish va ularni katta hayotga yo’llash bir chekkasi tarbiyaga bog’liq bolalar adabiyoti zimmmasiga benihoya zalvorli ma’suliyat yuklaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bolalarni jumboqlar olamiga sayohat qildirishda har bir yozuvchi o’ziga xos ijodiy yo’lni tanlaydi. Binobarin, H. Nazir, H. Po’latov, F. Musajon, E. Raimov, S. Barnoyevlar ijodida realistik uslub ustuvorlik qilsa, sarguzasht va fantastik uslub X.To’xtaboyev, S.Anarboyev, H.Shayxov, A.Obidjon kabi yozuvchilar ijodining ziynati sanaladi. Shu jihatdan qaraganda, Xudoyberdi To’xtaboyevning nomi qaynoq va cheksiz ijodiy mashaqqatlar mahsuli bo’lgan qissa va romanlari orqali dunyoning olis-olis burchaklariga yetib borgan. Jahonning juda ko’p tillariga tarjima qilingan birgina “Sariq devni minib” romani o’zbek bolalar adabiyotining ufqini kengaytirdi.

X.To’xtaboyevning yozuvchi sifatidagi ijodiy kamolotini ta’minlagan omillarni adib o’sgan muhitdan izlash to’g’riroq bo’ladi. Taqdir bo’lajak ijodkorni bolaligidan boshlab og’ir sinovlarga ro’para qiladi.

“Mening bolalik va o’smirlik davrim, -deb yozadi adib,- urush davriga to’g’ri kelgan. Ota-onasiz yetim qolgan hamqishloqlarimning o’kinch va armonlarini

eshitganman. O’g’lidan “qora xat” kelgan onalarning ko’ksini yulib dodlaganlarini, akasini intizor kutayotgan singillarning, eridan barvaqt judo bo’lgan yosh-yosh juvonlarning pinhoniy ko’z yoshlarini ko’rganman. O’gay otam – usta Abduqodir rabochiy batal’oniga ketgach, biz oilada sakkiz bola qoldik. Men ular bilan bolalar uyidan bolalar uyiga o’tib rosa “sayr” qilganman. Hatto Toshkentdan Qo’qongacha piyoda ketgan paytlarim bo’lgan.

1949- yili Qo’qon pedagogika bilim yurtini, 1955- yili O’rta Osiyo davlat universitetini (hozirgi O’zMU) bitirganman.

1955-1958- yillari Farg’ona viloyatining Bog’dod, O’zbekiston tumanlaridagi maktablarda o’ qituvchi, ilmiy bo’ lim mudiri, direktor lavozimlarida ishlab, bolalar va o’smirlar dunyosidagi go’zallik, tarbiyadagi nomukammallik bilan yaqindan tanishib, umrimni ana shu sohaga bag’ishlasam deb qayta-qayta o’ylaganman, so’ng bir sinf yoki bir maktab doirasida aytayotgan fikr-mulohazalarimni kengroq maydonda aytsam, deb orzu qilib, gazeta va jurnalga ishga kirishni maqsad qilib, 1958- yili Toshkentga keldim. Avval “Toshkent haqiqati”, so’ng “O’zbekiston ovozi” (sobiq “Sovet O’zbekistoni”) gazetalarida hammasi bo’lib 14 yil ishladim. Ayrim kishilardagi kamchilik va illatlar yig’indisi oxir-oqibatda jamiyatdagi illatni keltirib chiqaradi, illati bor jamiyat yaxshi rivojlana olmaydi, shu jamiyatga uyushgan kishilar to’liq ma’noda baxtli ham bo’lolmaydi, demak, kishilardagi illatga qarshi kurashish kerak, deb o’yladim. Yengimni shimarib, feleton yozishga kirishdim. Zanglagan temirni olovga solsangiz, zangi to’kilgani kabi feleton olovida yongan illatli shaxsning illati yonadi, poklanadi, deb qattiq ishondim. ” (2; 22-23- betlar).

Hayotning sermashaqqat chig’iriqlaridan o’tgan yosh Xudoyberdi taqdirida dindor buvisi ham muhim o’rin tutganini alohida ta’kidlash joiz. Buvining ko’ngilga taskin beruvchi hikoyat va ertaklari ruhida tarbiya topgan yozuvchi asarlarida dev, sehrgar, afsungar, iblis, jin singari majoziy timsollarga keng o’rin berilishi, ‘bulutdek baland”, “bilaklari yo’g’on- bittasi chaqaloqning belidek”, “na’ra tortganida xonaning shipi ko’tarilayotgandek bo’ladi” singari afsonaviy qahramonlarga xos iboralarning ishlatilishi ana shu tarbiya natijasidir. Har qanday yozuvchining xarakter yaratish mahorati bilan bog’liq bu xususiyatni X.To’xtaboyev asarlarining sujeti va badiiy tilining o’ziga xosligini ta’minlagan omillardan biri sifatida baholash o’rinli bo’ladi.

Yozuvchi ijodiga mansub asarlarni uch guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruh 14 yil davomida yozilgan 300 dan ortiq feletonlari tashkil etsa, ikkkinchi guruhga turli yillarda yozilgan “Aka-uka Omonboy bilan Davronboyning qishloqqa gaz olib kelganlari haqida jajji qissa”, “Sir ochildi”, “Jannati odamlar”, “Mungli ko’zlar”, “Yillar va yo’llar”, “Kichkina rais” kabi sof realistik asarlari kiradi.

“Sariq devni minib”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Shirin qovunlar mamlakatida yoki sehrgarlar jangi”, “Besh bolali yigitcha” kabi yengil yumor bilan sug’orilgan sarguzasht asarlari uchinchi guruhni tashkil etadi.

Adabiyot tarixidan ma’lumki, har qanday buyuk yozuvchining barcha asarlarini bir xil me’zon bilan o’lchab bo’lmaydi. Bu gap bevosita X.To’xtaboyev ijodiga ham tegishlidir.

Dastlab “Toshkent haqiqati”, “O’zbekiston ovozi”, (“Sovet O’zbekistoni”) gazetalarida fel’etonchi muhbir sifatida qalamini charxlagan adibning ilk asarlarida hajviy ruhning ustun bo’lishi tabiiy hol edi. Binobarin, yozuvchining “Hadik”, “Maxsus toshiriq”, “Xarakteristika”, “Tilxat”, “Bevaqt aytilgan azon” singari kattalarga mo’ljallangan hikoyalari va “Jonginam, shartingni ayt” qissasida kishilardagi tovlamachilik, poraxo’rlik, xotinbozlik, e’tiqodsizlik kabi illatlar ayovsiz fosh etiladi. Shunisi e’tiborliki, mazkur asarlarning qahramonlari oddiy qishloq kishilari va ziyolilarning yozuvchiga bolaligidan tanishligi ularning xarakter xususiyatlarini badiiy tasvirlashda yaqindan yordam bergan.

Qissachilikda egallangan muayyan tajriba kichik kitobxonlar uchun mo’ljallangan “Sir ochildi”, “Omonboy bilan Davronboy” kabi realistik uslubdagi asarlarining yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.

Mazkur qissalar syujetidagi sxematizmning adabiy tanqidchilik tomonidan o’z vaqtida qayd qilinishi yozuvchinig keyingi ijodiga jiddiy turtki berdi. Adibning bolaligida bevosita o’zi bilan bo’lgan voqealar ta’sirida yozilgan “Sariq devni minib”, “Besh bolali yigitcha”, tarixiy mavzudagi “Qasoskorning oltin boshi”, ma’naviy-axloqiy muammoning badiiy ifodasi bo’lgan “Mungli ko’zlar” romanlari fikrimiz dalilidir.

Ma’lumki, “Sariq devni minib” romani X.To’xtaboyev ijodidagina emas, o’zbek bolalar adabiyotida ham alohida sahifani tashkil etadi. Asardagi sehrli qalpoqcha timsolini adibning jiddiy ijodiy topilmasi deyish mumkin. Sehrli qalpoqcha muallifning badiiy niyatini ijro etish uchungina qulaylik tug’dirib qolmasdan, kitobxonning qiziqishini tutib turuvchi vosita vazifasini ham bajaradi.

Asar bosh qahramoni Hoshimjonning sehrli qalpoqchasi yozuvchi uchun “tilla kalit” (A.Rasulov) vazifasini o taydi. Hoshimjon sehrli qalpoqcha yordamida turli ko’chalarga kirib chiqadi. Uning sarguzashtlari bilan tanishgan kichik kitobxon har narsaga qodir sehrli qalpoqchasi bo’lgan taqdirda ham Hoshimjonning bilim olmasdan, biror kasb-hunarning boshini tutmasdan, hayotda o’z o’rnini topib, baxtli bo’lolmasligiga ishonch hosil qiladi. Bu esa “Bilim ol”, “Hunar o’rgan” degan quruq pand- nasihatdan ming chandon ta’sirliroqdir.

Adibning nomini mashhur qilgan bu asarning siri nimada? Nima uchun roman aynan shunday nomlangan? Bu savollarga javov berar ekan, professor O. Safarov shunday deb yozadi: “Avvalo “Sariq dev” iborasining majoziy ma’nosini izohlash joiz. Nima uchun dev aynan sariq, qora yoki oq emas.

Ma’lumki, sariq so’zi nafs-olov ma’nolarini bildiradi.

Xalqimizda nafsini tiya olmagan, nafsining quliga aylangan, ya’ni nafs bandalari nafsi olovlar deb ham ataladi.

Darhaqiqat, kimki nafsini tiya olmas ekan, bir kunmas bir kun nafs olovida kuyib kul bo’ladi. Olov esa, tabiiyki, sariq rangdadir.

Ibora tarkibidagi dev afsonaviy yovuzlik timsoli sanaladi. Ertaklarda bayon qilinishicha, yovuz dev komiga tushgan har qanday jonzot hech qachon tirik qolmagan.

Asar qahramoni Hoshimjon ham o’z nafsiga anchagina erk beradi, ya’ni nafs deviga minib yo’lga tushadi.

Undagi voqealar bosh qahramon Hoshimjon tili bilan sodda, aniq, qolaversa, bolalarcha o’y-fikrlar orqali qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Hoshimjonning gap-so’zlari va xatti-harakatida bolalarcha tafakkur tarzining saqlanishi asar syujetining yutug’ini ta’minlashga xizmat qilgan.

Romanning keng kitobxonlar ommasiga manzurligining bosh sabablaridan yana biri sehrli qalpoqchaning ishtirokidir. Hoshimjon aynan sehrli qalpoqcha vositasida bir-biridan ajoyib va g’aroyib sarguzashtlarni boshidan kechiradi” (1; 268)

Hoshimjon sho’x, g’ayratli, hozirjavob, ziyrak, serfahm bola. Lekin shu bilan birga, jindak ayyorligi, lofchiligi, qo’rqoqligi, yolg’onchiligi ham bor.

Yerga ursa ko’kka sapchiydigan kichik qahramon jo’shqin orzularga beriladi, sehrli qalpoqcha yordamida o’qimasdan turib odam bo’lish mumkin deb o’ylaydi. Hatto, bu borada maktab direktori O.Azizov va o’qituvchisi Qobilov bilan ham ko’p bora tortishadi.

Hali o’qib o’rganmagan, ozmi-ko’pmi hayot sirlaridan bexabar bo’lgan Hoshimjon ko’p hollarda mushkul ahvolga ham tushib qoladi. Shunday damlarda u qalpoqchaga yuzlanib: “Menga aql o’rgat, yo’l ko’rsat”,- deya iltimos qiladi. Ammo do’sti sehrli qalpoqcha: “Aql sehrga bo’ysunmaydi, bo’yingga bo’y qo’shganim bilan, aqlingga aql qo’sholmayman, bari bir, o’qib o’rganishing kerak, Hoshimjon”, – deb unga to’g’ri yo’l ko’rsatadi.

“Bolalar adabiyotining oziga xos xususiyatlari bor,- deb yozadi H.Xudoyberganov,- yosh avlod uchun yoziladigan asar hayotni oziga xos vositalar orqali tadqiq etadi, lekin u chinakam iste dod mevasi bo lib yuzaga kelsa, katta

yoshdagi o’quvchilarga ham qiziqarli bo’ladi, naf keltiradi. Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib”, “Sariq devning o’limi” asarlari xuddi shunday qadr-qimmat kasb etadi. Xudoyberdi To’xtaboyev kichkintoylar hayotini ularning ota-onalari turmushidan ajratib olib tasvirlamaydi va bu borada har xil marazlarni fosh etishga alohida ahamiyat beradi.” Jumladan “Sariq devning o’limi” xotimasida quyidagilarni o’qiymiz: “Bu yerga o’g’irlik, poraxo’rlik, yulg’uchlik, tuxmatchilik, qotillik, qalloblik, ochko’zlik, manmanlik, maishatparastlik, xudbinlikdan iborat sarqitlar yig’indisi – Odil Battol Abbosov ko’mildi. Tug’ilgan yili ma’lum emas. 14 iyulda tong pallasida joni uzildi” (3; 75)

Sarguzashtlilik zaminida jamiyatdagi illatlarga qarshi kurashga qaratilishi jihatidan “Shirin qovunlar mamlakati yoxud sehrgarlar jangi”, “Mungli ko’zlar” romanlari “Sariq devni minib”, “Sariq devning o’limi” romanlarining mantiqiy davomidir. Agar “Sariq devni minib” romani sujetida sehrli qalpoqcha alohida o’rin tutsa, “Shirin qovunlar mamlakati”da Akromning hid biluvchi burni yetakchi o’rinda turadi.

“Folklorda, yozma adabiyotda ko’z jodusi, oyoq mo’jizasi, qo’llar asrori haqida asarlar ko’p ediyu, ammo hiz biluvchi burunning karomatlari hech qayerda ko’rsatilmagandi. X.To’xtaboyev Akromning (“Shirin qovunlar mamlakati”. ) hid biluvchi burnidan yumor yaratish manbai sifatida foydalanadi. Muhimi, g’aroyib fazilatli burni tufayli qahramonimiz katta bir afsonaviy mamlakatning qahramoni darajasiga ko’tariladi” (2; 18-19-betlar).

Bu jihatdan, ayniqsa, “Qizg’anchiq” hikoyasi ibratlidir. “Qizg’anchiq” biror narsasini o’rtoqlariga ravo ko’rmaydigan Shavkatjon degan bolaning qilmishlariga bag’ishlanadi. O’zi qiynalib qolganida o’rtoqlarining beminnat yordam ko’rsatishi uning tepsa-tebranmas qalbini larzaga keltiradi, boshqalarga bo’lgan munosabatini tubdan o’zgartirib yuboradi. Shavkatjon timsolidagi qizg’anchiq bolaning qayta tarbiyalanishi hali oq bilan qorani ajrata olmaydigan kitobxonlar uchun chinakam ibrat namunasidir.

“Aka-uka Omonboy bilan Davronboy qissasi” qahramonlarida maktabgacha yoshdagi bolalarga xos qiziquvchanlik, arzigan-arzimagan narsasi bilan maqtanish, o’yinqaroqlik va kattalarga taqlid kabi xislatlar umumlashtiriladi.

Omonboy bilan Davronboyning o’ziga xos soddaligi ham, quvligi ham bor. Ular atrof-muhitga, odamlarga bolalik nigohi bilan qaraydilar. Qissaning tarbiyaviy ahamiyati o’zbek bolalar adabiyotida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar hayotidan olib yozilgan dastlabki yirik asarlardan bo’lganligi bilan ham e’tiborga loyiqdir. O’tish davrida hali tegishli hayotiy tajribaning yo’qligi tufayli ko’pchilik bolalarning turmush mashaqqatlari qarshisida dovdirab qolib, o’zlarini o’qqa-cho’qqa urishlari, hatto

ba’zilarining to’g’ri yo’l qolib, jinoiy ishlarga qo’l urishlari adibning katta-kichik barcha asarlari sujetidan chuqur joy olgan.

E’tiborli jihati shundaki, ularning ko’pchiligi qariyb ellik yillardan buyon boshlang’ich sinflarning “O’qish kitobi” darsliklaridan tushmy keladi.

Bolalar adabiyotining qon tomiri bo’lgan hayotbaxsh didaktika va badiyat uyg’unligiga yozuvchining o’ziga xos munosabati mavjud. Jumladan, “Qizg’anchiq”, “Shoshqaloq”, “Orif cholning o’rigi” hikoyalarida kichkintoylar hayotidan olingan (buni adibning o’z hayotidan olingan deyish ham mumkin) e’tiborli biron voqea tasviridan kelib chiqadigan tabiiy xulosa ko’proq o’sha voqea tufayli hikoya qahramoni tushgan holat tarzida havola qilinadi.

Yozuvchining qissa va romanlarida bu xildagi g’oyaviy-badiiy, tarbiyaviy vazifa qahramonlar boshidan kechirgan sarguzashtlar zimmasiga yuklanadi. Xarakterlar takomilining ko’zgusi bo’lgan har qanday sarguzasht esa kishini befarq qoldirmaydi. Zero, “Sariq devni minib” romanidagi Akrom qovunchi, “Besh bolali yigitcha” romanidagi Orifjon, “Qasoskorning oltin boshi” romanidagi Namoz botirlar taqdiri bilan bog’liq sarguzashtlarni his-hayajonsiz o’qib bo’lmaydi. Negaki, “Bolalar adabiyotida shiddat – dinamika muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh kitobxon hamisha hayajonda bo’lishi, yangi g’aroyib voqaea-hodisa bilan uchrashuvga tayyor turishi kerak” (2; 17- bet) ligi ham shuni taqozo etadi.

Avtobiografik xarakterdagi “Besh bolali yigitcha” romani bu borada alohida ahamiyat kasb etadi.

“2006-yilning 21-sentabrida,- deb yozadi Abdug’ofir Rasulov,- Xudoyberdi aka, Mirpo’lat Mirzo, men Toshkentdan Forishga yo’l oldik. “Neksiya”ni yozuvchining ikkinchi o’g’li Bahrom boshqarib botyapti. Yo’l olis. O’zaro gurung qizigan. Kutilmaganda Xudoyberdi aka:

– Xuddi mana shu yerda bizni poyezddan tushirib ketishgandi,- deb qoldi. Hammamiz gap nima haqidaligini angladik.

-Bir-ikki kun yon-atrofni kezdik. Yemish izladik. Duch kelgan joyda uxladik,-davom etdi Xudoyberdi aka. -Oramizda Sulton degan zo’ravon, urishqoq, ammo yuragi toza bola bore di. Hammamizni to’pladi:

– Gap bundoq, bolalar,- dedi,- endi poyezd kutib, ulovga umid qilib o’tirmaymiz. Tavakkal qilib yo’lga tushamiz. Seniki, meniki degan gap yo’q. Topganimiz o’rtada. Bir-birimizni himoya qilamiz.

Safimizda Sultonning uchta ukasi bor. .. O’tgan asrning 70-yillarigacha sobiq detdomchilar yig’ ilishib, uchrashib turdik. Qo’ qonlik bir o’ qituvchi o’ sha og’ ir yillar

haqida asar yozishimni so’radi. Material tayyor, voqea-hodisalar ko’z o’ngimda turipti. Ammo asarga sira qo’l ura olmayman-da. Shu kunlarda qishloqdan shoshilinch xabar kelib qoldi. Sulton traktor ostida qolib vafot etibdi. Yonib ketdim, koz yoshimni tiya olmayman: “Nega? Nega?!”- deyman,- xolos. Zudlik bilan Peterburgga Sultonning o’sha yerda o’qiyotgan ukasiga sim qoqdim. Axir, Sulton ukalarini ne hasratda katta qilgan, o’zi ishlab, ukalarini o’qitgan edi. Sultonning o’limi romanning tez yozilishiga turtki bo’ldi. Uni yig’lab-yig’lab, yetimligimni eslab-eslab, xor-zor bo’lganliklarimizdan o’kinib-o’kinib yozdim. ” (2; 55-56- betlar).

X.To’xtaboyev qahramonlarining har biri o’ziga xos qiyofa va gapirish usuliga ega bo’lsa-da, uning barcha asarlarini sayqal topgan quvnoq va hayotbaxsh yumor birlashtirib turganini ilg’ash qiyin emas. “Rostini aytsam,- deydi Hoshimjon,- o’zim ham unchalik yomon bola emasman. Aqlu hushim joyida, odobim ham chakki emas, oltinchi sinfning intizomli o’quvchilaridanman. Bir xil haligi sho’x bolalarga o’xshab, kun bo’yi ko’cha changitib yurgandan ko’ra komandaga bo’linib olib, to’p tepgan yoki xoliroq joyga, masalan, oying harjand chaqirsa ham ovozi yetmaydigan joyga borib olib chillak o’ynagan ming marta yaxshi “.

XX asr boshlarida o’lka tarixida “Namoz botir”, “Namoz polvon”, nomlari bilan chuqur iz qoldirgan Namoz Pirimqul o’g’li (1865-1907) tarixiga doir “Qasoskorning oltin boshi” romani ham adib ijodida muhim o’rin tutadi.

A.Qodiriy kabi asar yozishni orzu qilgan Anna Almatinskayaning “Zulm” trilogiyasi va Izzat Sultonning “Noma’lum kishi” dramasida ham mashhur Namoz botir timsoli o’ziga xos mehr- muhabbat bilan tasvirlangan.

-Aniq esimda, katta o’g’lim Baxtiyor 6-sinfda o’qirdi,- deb xotirlaydi Xudoyberdi aka. – O’zbekiston televideniysida “Kapitan Tenkish” degan serial ko’rsatila boshladi. Shu film namoyish etilayotganda hamma televizor qarshisida bo’lar, ko’cha suv quyganday tinchib qolardi. O’g’lim tengi bolalar kechqurungi namoyishdan qoniqmay, kunduzgi, qaytaruv namoyishni ham, darsdan qochib bo’lsa-da ko’rardilar.

Kapitan Tenkish qasoskor edi. U olti bor qamalgan, har gal qamoqdan qochgan. Men ham Tenkishga o’xshash qahramon timsolini yaratmoqchi bo’ldim. Shu paytda “Guliston” jurnalida Namoz haqida maqola e’lon qilindi. Xayolimda bolaligimda bobom bilan Samarqandga borganim, uch kun Namozgoh dahasida yashaganim keldi. 1976-78-yillarda Namoz izlarini izlab Samarqandda ko’p bor bo’ldim. Namozning jiyanlari, Ulug’oy momoning Omon, Barot degan farzandlari bilan uchrashdim. Dombobo degan qariya Namoz haqida ko’p esdaliklar aytib berdi. O’ sha yerda Abdulla Qodiriyning ham Samarqandga kelganini, Ulug’momoni izvoshga mindirib Namoz polvon qarindoshlari, qadrdonlari xonadoniga borganini eshitdim. Rahmatli Habibulla

aka Qodiriy ulug’ yozuvchimiz Namoz haqida roman yozishga jiddiy tayyorgarlik ko’rganliklarini so’zlab berganlar. Namoz Pirimqul o’g’li haqiqatparast bo’lgan. Sodda, ishonuvchan kishilarni ishlatib, boyib ketgan Hamdamboy singarilarning boyligini talab, oddiy xalqqa ulashgan. Qayerdaki nohaqlik, oddiy xalqni xo’rlash holati ro’y bersa, Namoz o’z yigitlari bilan o’sha yerda hozir-u nozir bo’lgan. Chindan ham Namoz chin chavandoz bo’lgan, otda yelday uchishni xush ko’rgan. Amaldor, boylar uni ot o’g’risi deya badnom qilmoqchi bo’lganlar. Botir, jasur, serg’ayrat, chapdast Namozni general-gubernator I. Grodetov, uyezd boshlig’I Gesket, politsmeyster Gribinyukdan tortib qozi, amaldor, boy, to’ralar juda yaxshi bilganlar.(2; 59-60-betlar).

Asar qahramoni Namoz botir ijtimoiy adolat tantanasi yo’lida qaqshatqich jangga otlanadi. Uning qasos bayrog’iga Alisher Navoiy qalamiga mansub “Ilgimdan kelguncha zolim tig’in ushatib, mazlum jarohatig’a intihom malhamin qo’ydum” hikmati yozilgan.

Namoz botir “Ko’cha-ko’da ochu sarson yurgan yetimlar haqqi, boylar, birovlar eshigida ishlab haqqini ololmay yurgan cho’riyu qarollar haqqi, hokimu to’ralar qamchisidan boshi yorilgan alamzadalar haqqi, izzat-nafsi toptalgan yo’qsullar haqqi, haqoratlar, xo’rliklar, kamsitishlar, belini bukkan mazlumu mazlumalar haqqi” kurashishga otlanishni o’zining shu vatanga farzandlik burchi deb biladi. Namoz botir: “Zolimlarning jazosini Xudo emas, mazlumlarning o’zi berishi kerak”,-deydi.

“Qasoskorning oltin boshi”,- deb yozgan edi professor Ozod Sharafiddinov,-janr xususiyatlariga ko’ra adabiyotimizda yangi hodisadir. Muallif asarining boshidan oxirigacha shu janr talablariga qat’iy rioya qilib, syujetning pishiq-puxta bo’lishiga, voqealarning qiziqarli chiqishiga intiladi. Voqealar rivojida kutilmagan burilishlar, favqulodda vaziyatlar ko’p. Qahramonlar ko’pincha ilojsiz holatlarga tushib qoladi va bunday vaziyatlardan uddaburonlik bilan qutulib ketishadi”.

Qahramonlarning o’ta og’ir vaziyatlarda o’zini tutishi, sinovlarni mardona yengib o’tib nurli manzillarga, ezgulikka sari intilishi, sadoqati tasviri orqali ma’naviy-axloqiy jihatdan hayotiy xulosalarga kelish X.To’xtaboyev asarlarini tutashtirib turuvchi muhim nuqta sanaladi.

Yozuvchining asarlaridan asarlariga ko’chib yuruvchi qahramolar ruhiyatidagi quvnoqlik, nutqidagi hozirjavoblik, zukkolik kitobxon qalbida iliqlik uyg’otadi. Bu esa deyarli hamma yozuvchilar orzu qiladigan, ammo ko’pchilikka nasib etavermaydigan badiiy barkamollik nishonasidir.

XX asr boshlaridagi tarixiy sharoit, xalqning erkinlikka bo’lgan intilishi “Qasoskorning oltin boshi” romanida Namoz botir sarguzashtlari qatiga singdirilgan bo’lsa, Ikkinchi Jahon urushining xalq hayotida qoldirgan asorati, tahlika va

parokandalik “Besh bolali yigitcha” romani qahramonlari Orifjon va uning ukalari xarakteri tasviriga jon bag’ishlaydi.

Ko’rinadiki, X.To’xtaboyev ijodiy yutug’ini badiiy syujet yaratish borasidagi ijodiy izlanishlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bunga qo’shimcha tarzda yozuvchi asarlarining badiiy tili va kulgi yaratish mahoratini ham ta’kidlash mumkin. Yozuvchining bir asaridan boshqa asariga ko’chib yuruvchi nim tabassum, hozirjavoblk, zukkolik kitobxon qalbiga ham ko’chadi. Bu hamma yozuvchilar orzu qiladigan, ammo ko’pchilikka nasib qilavermaydigan badiiy barkamollik nishonasidir.

Darhaqiqat, o’zi qalamga olgan qahramonlar ruhiyati ich-ichiga kirib borish, surati va siyrati tasvirining uyg’unligiga erishish orqali kitobxonning o’zligini anglashga yo’naltirilishini badiiy adabiyotning bosh vazifasi deb bilgan adib jahonga mashhur “Sehrli qalpoqcha”, “Sariq devni minib” asarlarini yaratgunga qadar katta hayot va ijod maktabini o’taydi. Adib asarlari xususida gap ketganda, bolaligida boshdan kechirgan turmush mashaqqatlari, bobosi va buvisi tarbiyasi, o’qituvchilik faoliyati, gazetalar tahririyatidagi felyetonchiligi bo’lajak yozuvchini hayotga jiddiy ko’z bilan qarashga yo’naltirganini sezish qiyin kechmaydi.

Sehrgarlarning sahnalarda qo’lda tayoqcha bilan oddiy ko’z ilg’amaydigan mo’jizalar yaratishi ko’pchilikka ma’lum. X.To’xtaboyevni ham sehrli qalami bilan shunday mo’jizalar yaratadigan adib, desak mubolag’a bo’lmaydi. Farqi shundaki, sahnadagi sehrgarlik faqat namoyish paytidagina ko’z o’ngingizda gavdalanadi. Yozuvchi asarlarini esa qayta-qayta mutolaa qilish orqali u yaratgan badiyat olami ichiga chuqur kirib boriladi.

O’zbekiston xalq yozuvchisi X.To’xtaboyevni asarlarining tarqalish jug’rofiyasiga ko’ra jahongashta adib deyish mumkin. Yozuvchi qalamiga mansub hikoyalar, qissa va romanlar beg’ubor bolalik olami, xalq tarixi va taqdiri bilan bog’liq muhim muammolarning badiiy ifodasi sifatida necha-necha avlod bolalarining sevimli maslakdoshi va maslahatgo’yiga aylangan.

“Xudoyberdi To’xtaboyev bolalar adabiyotining jasur reformatorlaridan biridir, -deb yozadi A. Rasulov. – U bolalar adabiyotiga sarguzasht, sayohat, fantastikani olib kirdi. Bolalar adabiyotidagi haqiqiy romanlarni aynan shu yozuvchi yaratdi. Qat’iy ishonch borki, qachondir Xudoyberdi To’xtaboyev portreti Xans Andersen, Rodyar Kipling, Mark Tven, Janni Rodari, Korney Chukovskiy, Valentin Katayev, Samiul Marshak, Joan Roling suratlari bilan yonma-yon turadi”(2; 73- bet). Biz ham shu fikrni quvvatlaymiz.

1. Safarov O., Jamilova B., Safarova N. Bolalar adabiyoti va folklor. -Toshkent: “Turon-zamin ziyo”. 2015.

2. Rasulov A. Garoyib saltanat. – Toshkent: “Adib”2012.

3. Xudoyberganov N. Yoshlik ilhomlari. -Toshkent: “Yosh gvardiya”. 1975.

4. Shermuxamedov P. Detskaya literatura Uzbekistana. -Moskva: “Detskaya literatura”. 1984.

5. Гуломова Х. (2020). Бошлаетич синфда адабий таълимни ташкил этиш методикасига янгича ёндашув. Жиззах ДПИ “Бошлангич таълимнинг долзарб муаммолари ва ечимлар” мавзусида Вазирлик микёсидаги илмий-амалий анжуман. 7-18 апрель. 430.

6. Матчонов С. (2020). Адабиёт дарсларида тахлил ва талкин уЙFунлиги. Тил ва адабиёт таълими. 7(7), 8-11.

7. Матчонов С. (2020). Китобхонлик ва мутолаа маданияти. БухДУ Бошлаетич синфларнинг она тили таълимида инновацион технологиялардан фойдаланиш. Халцаро конфереция материаллари 2020 йил 29 апрель, 89-92-бетлар

8. Матчонов С. (2020). Адабий таълим тизимини технологиялаштириш ва бадиий-эстетик тафаккур муаммолари. Низомий номидаги ТДПУ Илмий ахборотлар 2020 7(1), 49-53-бет.

9. Шерматова У.С. (2019). Чулпон лирикасини урганиш технологияси. Tafakkur ziyosi, 2(2), 29-32.

10. Shermatova U. (2020). The light of nights without a day. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 4(4), 112-117.

11. Шерматова У.С. (2020). НАУКА И МИР. Международный научный журнал, 4(80), Том 2, 57-62.

12. Bakiyeva H. (2019). Developing articulation of elementary class students using independent work methodology. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 7(6), 14-16.

13. Бокиева X,. (2010). Бошлаетич синфларда холат феъллари иштирокида укувчилар луFат бойлигини ошириш. Педагогик таълим, 3(3), 28-32.

14. Бокиева X. (2013). Бошлаетич синфда иборалар устида ишлаш. Педагогик таълим, 7(1), 62-66.

i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

15. Umirova D. (2020). Authenticity and authentic materials: history and present.

European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 5(10), 129-133.

16. Rasulov R. (2020). Word Valence and Syntactic Relationship. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 295-300.

17. Rasulov R. (2020). Agency Valency of Voice Forms of the State Verbs (On the Material of the Uzbek Language). International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 7(7), 308-317.

18. Rasulov R. (2020). Kelajak – til sohiblariniki. Til va adabiyot ta ‘limi, 7(7), 63-64.

19. Sobitova T. (2020). Orzigul dostonidagi manaviy va lafziy sanatlar. Ilmiy axborotnoma SamDU, 8(4), 56-63.

20. Sobitova T. (2020). Yoshlar manaviyatini yuksaltirishda xalq og’zaki ijodining o’rni. Тил ва адабиёт таълими. 5(5), 26.

21. Ботирова Ш.И. (2020). Роль художественного психологизма в метафорической гармонизации реальности человека и жизни. Преподавание языка и литературы, 10(10), 64-66.

22. Botirova Sh.I. (2020). For Students of Philology Teaching Literary Conditions of Learning Basic Analysis. Science and Education, 1(5), 110-113.

23. Botirova Sh.I. (2020). Problematic Aspects Related To the Use of Educational Technologies And Interactive Methods In The Classroom. International Journal of Multidisciplinary Research, 6(8), 539-541.

Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib” romani

Xudoyberdi To’xtaboyevning Sariq devni minib romanini o’qish.

Вы уже знаете о суперспособностях современного учителя?
Тратить минимум сил на подготовку и проведение уроков.
Быстро и объективно проверять знания учащихся.
Сделать изучение нового материала максимально понятным.
Избавить себя от подбора заданий и их проверки после уроков.
Наладить дисциплину на своих уроках.
Получить возможность работать творчески.

Просмотр содержимого документа
«Xudoyberdi To’xtaboyevning “Sariq devni minib” romani»

U rganch shahar

31-son umumiy o’rta

Talim maktabining

Ona tili va adabiyot

Fani o’qituvchisi

saidaxmatova Munosib

Ning 6-“b”sinf uchun

Adabiyot fanidan

O’tkazgan Ochiq dars

«Xudoyberdi To’xtaboyevning «Sariq devni minib» romanidan berilgan parchani o’qish »

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad:

O’quvchilaga «Xudoyberdi To’xtaboyevning «Sariq devni minib» romani haqida ma’lumot berib, asar mazmunini tushuntirish, ularda mavzu yuzasidan bilim va ko’nikma hosil qilish;

Fanga oid kompetensiya elementlari:

1.Adabiy- nutqiy kompetensiya ( Tinglab tushunish, fikrni og`zaki bayon qilish, fikrni yozma bayon qilish);

2.Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi;

Tarbiyaviy maqsad:

O’quvchilarni Vatanga muhabbat, ona yurtga sadoqat, o’zbek adabiyotiga mehr-muhabbat , bebaho merosga hurmat ruhida tarbiyalash;

Tayanch kompetensiya elementlari:

1.Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi;

2.O`zini o`zi rivojlantirish kompetensiyasi;

3.Milliy va umummadaniy kompetensiya;

Rivojlantiruvchi maqsad:

O’quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, og’zaki va yozma nutqni o’stirish, o’zbek adabiyoti yuzasidan bilimlarni mustahkamlash.

Dars turi: yangi bilim berish.

Darsning metodi: savol-javob, suhbat, kichik guruhlarda ishlash, ”Kim bilag’on, kim chaqqon?” o’yini, ”Olma daraxti”dan olma terish o’yini

Darsning jihozi: darslik, tarqatma material, ko’rgazmali qurollar, adabiyotlar, slayd, stiker, buklet

DARS BOSQICHLARI:

Bajariladigan ish mazmuni

Ajratilgan vaqt

Tashkiliy qism

Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi

O’tilgan mavzuni takrorlash

yangi mavzu bilan bog’lash

Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish

Yangi mavzuni tushuntirish

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzuni mustahkamlash

Dars yakuni va baholash

G’olib guruhni aniqlash, rag’batlantirish. Darsning so’ngi xulosasini chiqarish

Uyga vazifa

O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

O’quvchilar bilan salomlashib, davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.

1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.

1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:

1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi:

O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.

II. Uyga vazifa nazorati:

O’tilgan adabiyot darsida uyga vazifa qilib berilgan topshiriq so’raladi va uning amaliyoti tekshiriladi. Bunda o’quvchilar guruhlarga bo’lingan holda ”Kim bilag’on, kim chaqqon” o’yinini o’tkazadilar. Qalashib yotgan so’zlarni o’z o’rniga qo’yib, o’tilgan mavzuga oid tushunchalarni hosil qishlari kerak.

II. Asosiy qism:

Yangi mavzu bayoni:

Yangi mavzu bayonida, albatta, darslik bilan bir qatorda asarning kitobi, shuningdek, shunga oid slayd, bundan tashqari boshqa ko’rgazmali qurollar va adabiyotlardan foydalaniladi.

Asar mazmuni quyidagicha:

Adibning «Sariq devni minib» va uning mantiqiy davomi bo’lgan «Sariq devning o’limi» romanlari nafaqat o’zbek adabiyoti, balki jahon adabiyoti ko’lamida ham bolalar uchun yaratilgan sarguzasht asarlarning eng yaxshi namunasiga aylandi. Bu romanlarda 6-sinf o’quvchisi Hoshimjonning ajoyibsarguzashtlari, uning sehrli qalpoqcha yordamida erishgan qahramonliklari qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Hoshimjon tashlandiq bir uydan oq jundan yasalgan sehrli qalpoqchani topib oladi. Uning sehrini avval uyidagilar bilan sinab ko’radi. Qalpoqchaning sehri kuchiga to’la amin bo’lgach, uni dastlab qishlog’idagi folbin xolaning yolg’onchiligini fosh qilishga qaratadi. Oyisiga qo’shilib firibgarlik qilayotgan sinfdoshi Mirobiddinxo’jani tavbasiga tayantiradi, folbin xola xaltachalaridagi dorilarni almashtirib qo’yib, mijozlarni undan bezdiradi. Sehrli qalpoqcha

ishlaridan ruhlangan Hoshimjon uni o’zi o’qiydigan maktabida ham sinay boshlaydi. Qalpoqchani kiyib olib, o’qituvchilar konspektiaridan yozma ishlami ko’chiradi, natijada baholari, o’zlashtirishi yaxshilana boshlaydi, biroq shoshqaloqligi tufayli o’zi ham pand yeydi. O’qituvchilar uni koyib,

tartibga chaqiradilar. Bilimsiz, yaxshi baholarga o’qimay turib biror-bir kasb egasi bo’lish mumkin emas, deb uqtiradilar. Lekin sehrli qalpoqchaning kuchiga ortiqcha ishongan Hoshimjon ustozlarining «ilmsiz bo’lsang, zootexnik tugul, molboqar ham bo’la olmaysan» degan gapiga

o’jarlik bilan, «bo’laman, bo’laman, bo’laman», deydi-da, eshikni tarsillatib yopib maktabdan ketadi. Maktabini, jonajon qishlog’ini tark etadi. Dastlab ishlari yurishgandek bo’ladi – u sehrli qalpoqcha yordamida ishyoqmas, dangasalar, lo’ttiboz kimsalarning rosa dodini beradi. Ularni qilmishiga

yarasha jazolaydi. U jinday quv, ayyor, bir qadar lofchi bo’lsa-da, aslida sofdil, ko’ngli toza bola. U doimo yaxshilikka, ezgulikka intiladi. Tezroq katta bo’lgisi keladi, sehrli qalpoqcha yorda-mida turli kasblarni egallashga harakat qiladi. Ularni bir qadar egallaydi ham, biroq bilimsizligi, tajribasizligi tufayli pand yeydi. Biror-bir maqsadga erishish uchun sehrli qalpoqchadan tashqari, bilim ham kerakligini unutib qo’yadi. Shuning uchun ham qaysi kasbga qo’l urmasin ishi chappasiga ketadi. Agar siz «Sariq devni minib», «Sariq devning o’limi» romanlarini to’liq o’qib chiqsangiz, sehrli qalpoqcha tufayli turli mutaxassisliklarni egallagan Hoshimjon har safar chuv tushishi sabablarini bilib olasiz.

Xudoyberdi To’xtaboyevning «Sariq devni minib» asari ko’pgina jahon xalqlari tillariga – jami 24 tilga tarjima qilingan, italiyalik buyuk bolalar yozuvchisi Janni Rodarining tahsiniga sazovor bo’lgan.

Shu tarzda asar mazmunini tushuntirib beriladi.

III. Yangi mavzuni mustahkamlash:

Yangi mavzuni mustahkamlashda ”Kim ko’p olma teradi” o’yini tashkil qilinadi. O’quvchilar guruhlarga bo’linib, olmachalar ortidagi savollarga javob berishadi. Mazkur o’yinda o’quvchilar guruhlarga bo’lingan holda ishtirok etadilar. Albatta, har guruhdan navbatma- navbat bir o’quvchi chiqadi.

Qiziqarli malumotlar
Xudoyberdi To xtaboyevning Sariq devni minib romani