XUBBI
XUBBI — zardushtiylikda suv tangrisi (muakkili) nomi. Etnografik manbalarga koʻra, Oʻrta Osiyoda u X. (Xorazm va Ohangaron vodiysi), Erxubbi (Fargʻona vodiysida) nomlari bilan kayd etiladi. U kemachi va baliqchilarning «homiysi va madadkori» hamda daryoda gʻarq boʻlayotganlarning «xaloskori» hisoblangan. Mineral tuzlarga boy shifobaxsh chashmalar, dashtu biyobonlarda qazib ochiladigan quduqlarning zilol suvlari Xubbining moʻjizasi deb tushunilgan. Afsonalarda u navqiron baliqchi yigit qiyofasida tasvirlanadi. U daryoning «moliki» boʻlib, hayotlik chogʻlarida hamisha bedor turgan. Bunday davrlarda dare toshqinlari suv halokatlari va qurgʻoqchilik ofatlari, chanqoqlik azobu uqubatlari sodir boʻlmagan. Chunki oʻsha davrlarda hech qanday yovuz kuch daryoga yaqinlasha olmagan.
Ensiklopediya.uz
XUBBI