Xotira mashqi

Xotira mashqi

Xotira mashqi

Mundarija скрыть
Xotira mashqi
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Yosh o‘tishi bilan ko‘pchilik xotirasi yomonlashayotganidan xavotirlanadi. Bosh miya qon tomirlarida tiqilmalar bo‘lsa yoki organizm xiltlarga to‘lsa ham xotira pasayadi.
Yoki odam epilepsiya (tutqanoq) bilan og‘risa, shuningdek, insult, yo‘l-transport hodisalari yoki boshqa sabablar tufayli boshidan zarb yegan bo‘lsa miya chayqalishi va qon tomirlar shikastlanishi sabab bemor ko‘p narsani eslay olmaydi. Shuningdek, stress (ruhiy zo‘riqish), depressiya (tushkunlik) ham bu xastalikning rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Eng avvalo, nevropatologga murojaat etib, uning tavsiyasiga ko‘ra to‘liq muolaja olish zarur. Shuningdek, yong‘oq iste’mol qilish xotirani mustahkamlaydi. Yana ovoz chiqarib she’r yodlash yoki uydan chiqayotganda odam o‘ziga o‘zi “Men chiroq, gaz, dazmolni o‘chirdim va eshikni qulfladim” deb aytishi ham foydali mashg‘ulot hisoblanadi. Kitob o‘qish, krossvord yechish miya faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi. Inson 40-45 yoshga yetgach, agar u sog‘lom turmush tarziga amal qilmasa asta-sekin xotirasi pasayib boradi. Ayniqsa, noto‘g‘ri ovqatlanish (ko‘proq go‘shtli va yog‘li taomlar iste’mol qilish qonni quyultirib, yomon xolesterin sababli qon tomirlarda tiqilma hosil bo‘ladi), kam harakat qilish, zararli odatlar (ichish, chekish, giyohvand moddalarni iste’mol qilish, toksikomaniya) tufayli odam tez qariydi. Bu esa uning bosh miyasidagi qon tomirlarga ham salbiy ta’sir etadi. Natijada insonning xotirasi pasayadi. Eslab qolish qulay bo‘lishi uchun quyidagi xotira mashqlarini bajaring:
Teskari tartibda yuzdan birgacha bo‘lgan sonlarni sanab chiqing, alifboni takrorlang. Undagi har bir harf uchun birorta so‘z toping. Mabodo, birorta harf yodingizdan chiqqan bo‘lsa to‘xtamasdan keyingisidan davom etib keting. Tezgina yigirmata erkak ismini ayting va yana shuncha miqdordagi xotin-qizlar ismini ovoz chiqarib takrorlang. Alfavitdan o‘zingizga yoqqan birorta harfni tanlang. Unga mos yigirmata so‘z ayting. Shuningdek, shaxmat-shashka o‘ynash hamda bahri bayt aytishuvlari ham xotirani mustahkamlaydi. Chunki bahri baytda she’r yoki g‘azalning oxirgi tugagan harfiga moslab raqib tomon aytishuvni davom ettirishi kerak. Agar aksi bo‘lsa, raqib yengilgan hisoblanadi.
Gulchehra ShIRINOVA
soglom.uz/tavsiya/xotira-mashqi/

Xotira mashqi