Xotira kartasidagi o‘chirilgan fayllarni qayta tiklash

Xotira kartasidagi o‘chirilgan fayllarni qayta tiklash
xotira kartasidagi ochirilgan fayllarni qayta tiklash 65cab807d006e

photo 2021 12 10 23 03 31

Xotira kartasidagi o‘chirilgan fayllarni qayta tiklash

DO`STLARGA ULASHING:

Xotira kartasidagi o‘chirilgan fayllarni qayta tiklash

Smartfonlar operatsion tizimlarining so‘nggi versiyalaridagi fayl menejerlarida, agar ulardan fayllar o‘chirilguday bo‘lsa, ularni ehtiyot shart “Корзина”ga yuborish imkoniyati qo‘shilgan. Bu bizga keyinchalik ushbu fayllarni qayta tiklash imkoniyatini taqdim etadi, ammo bunday imkoniyat barcha smartfonlarda ham mavjud emas. Shunday noma’qul vaziyat yuzaga kelganida bizga maxsus Wondershare Recoverit (https://recoverit.wondershare.com/ru/) dasturi yordamga keladi.

Ushbu yordamchi dasturdan foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Dasturni yuklab olamiz (https://t.me/itspecuz_files/453) va kompyuterga o‘rnatamiz.

2️⃣. Uni ishga tushiramiz.

3️⃣. Saqlash qurilmasini shaxsiy kompyuterga ulaymiz.

4️⃣. O‘chirilgan fayllarni izlashni ishga tushiramiz
└ Dastur barcha o‘chirilgan fayllarni topadi va ularni turli toifalar bo‘yicha papkalarga ajratadi.

5️⃣. Bizga kerakli fayllarni tanlaymiz.

6️⃣. Ma’lumotlarni boshqa saqlash qurilmasiga saqlaymiz.

Tayyor! Smartfonlar, planshetlar, foto-, videokameralar, qattiq disklar – bularning barchasi Wondershare Recoverit dasturi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Xalqimizda: “Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q”, “So‘nggi pushaymon – o‘zingga dushman” kabi maqol mavjud. Shunday ekan, avvalambor qurilmadagi fayllardan doim back-up olib turishga, ularni saqlashda bulutli texnologiyalardan foydalanishga odatlanmog‘imiz lozim.

📝 Manba: @GooogleTM

Xotira kartasidagi o‘chirilgan fayllarni qayta tiklash