XOROK

XOROK

XOROK (Lycopsis orientalis L.) — govzabondoshlarga mansub qishlaydigan bir yillik begona oʻt. Poyasi mustahkam, tik oʻsadi, yuqori kismi sershox, oq qilchasimon tuklar bilan qoplangan, boʻyi 20—40 sm. Barglari tukli, nashtarsimon, chekkalari butun, yuqrridagilari bandsiz. Gullari havorang, gajak toʻpgulga yigʻilgan. Ildizi oʻq ildiz. Mevasi yongʻoqcha. May—sent. gacha gullaydi va mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. 10 — 12° da urugʻlari koʻkarib chikadi. Kuzgi nihollari baʼzan qishlaydi. Oʻrta Osiyoda tarkalgan. Don ekinlari va bedapoyalarda, paxta dalalarida begona oʻt sifatida uchraydi. Ariq, kanal boʻylarida, bogʻ, uzumzorlarda, sabzavotpoliz ekinlari orasida usadi.

Ensiklopediya.uz
XOROK