Xorijliklarning o‘zbek tilini o‘rganishiga mo‘ljallangan darslik ishlab chiqildi

Xorijliklarning o‘zbek tilini o‘rganishiga mo‘ljallangan darslik ishlab chiqildi

O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
  • O‘zbek xalq maqollari
  • O‘zbek xalq ertaklari
  • O‘zbek xalq topishmoqlari
  • O‘zbek mumtoz adabiyoti
  • Zamonaviy o‘zbek she’riyati
  • Muxlislar ijodidan
  • Barcha kitoblar
  • Ziyouz jurnalxonasi
  • Ziyouz audiokutubxonasi
  • Mobil kutubxona
  • Maktab darsliklari
  • Oliy va OMTM darsliklari
  • Durdona to‘plamlar
  • Android uchun kitoblar
  • Videogalereya
  • Узбекская библиотека
  • Islomiy sahifamiz
  • Forum
  • Kross-shou
  • Foydali sahifalar
  • Saytdan qidirsh
  • Ziyouz viktorinasi arxivi

Xorijliklarning o‘zbek tilini o‘rganishiga mo‘ljallangan darslik ishlab chiqildi

O‘zbekistonda chet elliklar uchun o‘zbek tilini o‘rganish imkonini beruvchi darslik ishlab chiqildi. «O‘zbekona» nomli darslikni chop etish ancha vaqtdan buyon dolzarb bo‘lgan va yechimini kutayotgan masala yechimiga qaratilgan bo‘lib, o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitish bo‘yicha kam sonli qo‘llanmalar safini to‘ldirmoqda.

Darslik Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti Gulruxsor Yergasheva va O‘zbek tili fakulteti talabalarining «MO‘TUL» jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Muallifga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Saodat Adilova ilmiy rahbarlik qilgan.

Universitet matbuot xizmati rahbari Mahliyo To‘raboyevaning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, «O‘zbekona» darsligi xorijiy tilni egallashning umumevropa kompetensiyalari tizimiga asosan A1 – boshlang‘ich darajani egallash imkonini beradi.

Darslik 9ta bo‘lim, 3ta nazorat bloki, audiolar va qo‘shimcha materiallar kabi qismlardan iborat.

«Kitobda shu paytgacha mavjud qo‘llanma va elektron resurslardan farqli ravishda mavzular tizimli va izchil yoritilgan, vositachi tildan foydalanilmagan. Bularning barchasi o‘rganuvchining til muhitiga tezroq kirib borishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, mashqlarning variativligi ta’minlangan, «oddiydan murakkabga» metodik prinsipiga amal qilingan.

Har bir sahifa, har bir mashqda milliylikni aks ettirishga harakat qilingan va umuminsoniy qadriyatlar singdirilgan.

Darslikda taklif etilayotgan audio materiallar sof autentik emas, balki o‘quv-autentik material hisoblanadi. Zero, A1 daraja uchun aynan shu turdagi autentik materialdan foydalanish maqsadga muvofiqdir», – deydi u.

Aytilishicha, kitob xorijiy til o‘qitishning o‘qib tushunish, tinglab tushunish, gapirish, yozish ko‘nikmalarini to‘laqonli qamrab olgan.

U orqali tilni o‘qituvchi bilan ham, mustaqil o‘rganish uchun ham keng imkoniyatlar yaratilgan. Masalan, har bir bo‘lim mantiqiy ketma-ketlikda berilgan 5 qismdan iborat.

O‘rganuvchi rasmlar orqali ham yangi mavzuni, mashq-topshiriqni bajarish yo‘lini tushuna oladi. Darslik so‘ngida sinov materiallari, audiolar, so‘zlashish uchun har bir mavzuga tegishli savollar hamda lug‘atning mavjudligi til o‘rganuvchiga ko‘plab qulayliklar yaratadi.

Qo‘llanma dizaynida har bir sahifaning til o‘rganuvchida o‘zbek tili va madaniyati haqida muayyan taassurot qoldirishiga e’tibor qaratilgan.

O’zbekona darslik

O‘zbekistonlik tilshunoslar tomonidan chet elliklarga o‘zbek tilining boshlang‘ich darajasini o‘rgatuvchi yangi “O‘zbekona” darsligi ishlab chiqildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi .

Qo‘llanma xorijiy tilni egallashning umumevropa kompetensiyalari tizimiga asosan A1 darajani egallash imkonini beruvchi darslik bo‘lib, u 9 ta bo‘lim, 3 ta nazorat bloki, audiolar va qo‘shimcha materiallar kabi qismlardan iborat.

Ushbu darslik Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti Gulruxsor Ergasheva hamda O‘zbek tili fakulteti talabalarining MO’TUL jamoasi tomonidan pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Saodat Adilova ilmiy rahbarligida yaratildi.

Kitobda shu paytgacha mavjud qo‘llanma va elektron resurslardan farqli ravishda mavzular tizimli va izchil yoritilgan, integrativ va kommunikativ metodlar uyg‘unlashtirilgan, vositachi tildan foydalanilmagan.

“Bularning barchasi o‘rganuvchining til muhitiga tezroq kirib borishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, mashqlarning variativligi ta’minlangan, „oddiydan murakkabga“ metodik prinsipiga amal qilingan. Har bir sahifa, har bir mashqda milliylikni aks ettirishga harakat qilingan va umuminsoniy qadriyatlar singdirilgan”, — deyiladi xabarda.

Ushbu darslik yordamida tilni nafaqat o‘qituvchi bilan balki, mustaqil o‘rganish ham mumkin. Xususan, har bir bo‘lim mantiqiy ketma-ketlikda berilgan 5 qismdan iborat. O‘rganuvchi rasmlar orqali ham yangi mavzuni, mashq-topshiriqni bajarish yo‘lini tushuna oladi. Darslik so‘ngida sinov materiallari, audiolar, so‘zlashish uchun har bir mavzuga tegishli savollar va lug‘at berilgan.

Kitob xorijiy til o‘qitishning o‘qib tushunish, tinglab tushunish, gapirish, yozish ko‘nikmalarini to‘laqonli qamrab olgan.

Qiziqarli malumotlar
Xorijliklarning o‘zbek tilini o‘rganishiga mo‘ljallangan darslik ishlab chiqildi