Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha DTM axboroti to’liq malumot oling
👨🏻💻 Ma’lumki, 15-iyuldan transfer.dtm.uz sayti orqali xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi.
📌 Hozirda onlayn ariza topshirgan talabalarning ma’lumotlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan tekshirilmoqda va ularga 3 xil status berilmoqda:
ℹ️ Onlayn ariza berilganda – “Yangi”.
✅ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza belgilangan talablarga to‘g‘ri kelsa – “Qabul qilindi”.
❌ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza belgilangan talablarga to‘g‘ri kelmasa – “Rad qilindi”.
🖥 Ariza rad etilgan taqdirda, buning sababi ham ko‘rsatiladi va talabalar qayta onlayn ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi.
☎️ Agar arizaning rad etilganlik holati bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa bevosita Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishingiz mumkin.
Bu haqda DTM ma’lumot berdi.
Talaba
Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha DTM axboroti