XORAZMIY
XORAZMIY (14-a.) shoir. Oʻzbek adabiyotining Navoiygacha boʻlgan atoqli vakillaridan, noma janrining asoschisi. Hayoti va ijodi haqida ayrim maʼlumotlar uning bizgacha saklanib qolgan yagona asari «Muhabbatnoma» orqali yetib kelgaʻ «Muhabbatnoma» Oltin Oʻrda xoni Jonibekning hukmdorlaridan Muhammad Xoʻjabekning taklifi bilan 1353-y. da yozilgan. «Muhabbatnoma»ning «Bayoni voqeni aytur» qismidan maʼlum boʻlishicha, X. ilgari ham koʻp sheʼrlar yozgan, ayniqsa, muhabbat mavzuidagi asarlari bilan shuxrat qozongan, lekin ular forsiyda yozilgan boʻlib, Muhammad Xoʻjabek shoirdan ishqiy mavzuda turkiycha kitob yozib berishni iltimos qilgan. X. asarining maydonga kelishida Avhadiy Marogʻaviy (127475; 133738) ning forscha yozilgan «Muhabbatnoma» dostonining taʼsiri boʻlgan. Lekin Avhadiyda nomalar oshiq va maʼshuqa nomidan yozilgan boʻlsa, Xorazmiyda oshiqning mahbubasiga yoʻllagan sheʼriy nomalari jamlangan. Har bir maktub muallifning chuqur kechinmalari, murojaati bilan boshlansada, unda maʼshuqa husnu jamoli, feʼlatvorining mubolagʻali tasviri birinchi oʻringa chiqadi. Nomalar mohiyat eʼtiboriga koʻra, vasf bilan madhning sintezidan iborat.
Ensiklopediya.uz
XORAZMIY