XONTAXTA

XONTAXTA

XONTAXTA — roʻzgʻor buyumi; yerda — palos, gilamga solingan koʻrpacha ustida oʻtirib ovqatlanishda foydalaniladi. X., asosan, toʻrtburchak, doira shaklida (baʼzan koʻp qirrali) kalta oyoqli qilib ishlanadi. Yogʻochdan (baʼzan ustki qismi yupqa plastmassa qoplab) yasaladi. Xalq ustalari (oʻymakor va naqqoshlar) 5, 6, 8 qirrali Xontaxtalar yasab, ularni nafis islimiy naqshlar bn bezatib amaliy sanʼat asariga aylantirgan xillari respublika muzeylari va xususiy toʻplamlarda saqlanadi.

Ensiklopediya.uz
XONTAXTA