XONQA

XONQA

XONQAXorazm viloyati Xonqa tumaniya&tm shaharcha (1981-y. dan), tuman markazi. Amudaryodan 6 km gʻarbda, viloyat markazi (Urganch sh.)dan 12 km sharqda joylashgan. T. y. stansiyasi. Aholisi 35,9 ming kishi (2004). Shaharcha tarixiy adabiyotlarda Safardiz nomi bilan tilga olinadi. 13-a. da moʻgʻullar tomonidan vayron etilganidan soʻng bu yerda masjidning birgina xonakohi saklanib qolgan. Ya. Gʻulomovning taʼrificha, Xonqaning nomi (Xonakoh — Xonaqo — Xonqa) shundan kelib chiqqan. Xonqada 1890-y. da rus savdogarlari tomonidan paxta tozalash zavodi qurilgan. Xonqada haftada 2-marta bozor boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
XONQA