XONANDA OVOZI
XONANDA OVOZI — odamning ovoz aʼzolari yordamida musiqali tovushlarni hosil qilish qobiliyati. Musiqa uquvi rivoji natijasida bolalik davridan qaror topadi; olchtda, 13 yoshida yetilib, toʻliq hajmi (1,5 oktava) ga erishadi. Ugʻil bolalar Xonanda ovozi rastalik davridan keyin bir oktava pasayib yoʻgʻonlashadi, oʻzgaradi, baʼzan xonandalik xususiyatlari ham yoʻqoladi. Buni oldini olish maqsadida Italiyada 17 — 18-a. larda eng yaxshi Xonanda ovoziga ega oʻgʻil bolalar baʼzan bichilgan. Xonanda ovozi xususiyatlari uning jarangdorligi, shiradorligi, uzok, sadolanishi va kuchliligiga bogʻliq. Odatda, mashq qildirilmagan ovoz va professional Xonanda ovozi boʻladi. Har bir Xonanda ovozi tabiiy xususiyatlarga qarab, operakonsert, kamer, estrada yoki anʼanaviy mumtoz ashulalari ijrochiligiga muvofiqlashtirilib, tarbiyalanishi mumkin. Xonanda ovozi sadosining ravon, tekis yoki, aksincha, sikilib chiqishi ashulachilik usullariga ham boglik (Q Xonandalik uslubi).
Ensiklopediya.uz
XONANDA OVOZI