Xonaki suharik tayyorlash resepti to’liq malumot oling
Ko’pchiligimizga ma’lum, xozirda do’konlarda turli ta’mli non suhariklari (kirieshkalar) sotiladi. Bolalarimiz ularni yahshi ko’rib iste’mol qilishadi. Lekin ularning xajmi kam. Bolalarimiz 1-2 qutisiga tuyishmaydi. Farzandlarimizni yanada hursand qilish uchun biz suhariklarni uy sharoitida tayyorlaymiz.
Xonaki suharik tayyorlash resepti
Kerakli masalliqlar:
1. Non — 2 ta.
2. Rollton kukuni — 1 osh qoshiq.
3. Olivka (o’simlik) yog’i — 2 osh qoshiq.
Tayyorlash:
Non mayda kubik xolida to’g’raladi.
To’g’ralgan non duhovka listiga solinib, oldindan qizdirilgan gaz pechiga qizargunicha (10 daqiqagacha) qo’yiladi.
Pechdan olinib, katta idishga solinadi va rollton kukuni, yog’ qo’shilib, aralashtiriladi.
Issiq xolida 15-20 daqiqaga o’rab qo’yiladi.
Yoqimli ishtaxa!
Pazanda
Xonaki suharik tayyorlash resepti