XOJA MUXAMMAD ISLOM

XOJA MUXAMMAD ISLOM

XOJA MUXAMMAD ISLOM ibn Xoja Ahmad, Faxriddin Xoja Muhammad Islom, Xoja Islom Joʻyboriy (1493 — Buxoro—1563.15.9) — Joʻybor xojalarining mashhur namoyandasi, Buxoro shayx ulislomi. Buxoro xonlari Ubaydullaxon va Abdullaxon II ning piri. X. M. I. yoshligidan naqshbandiya tariqati asoslarini puxta oʻrgangan. Maxdumi Aʼzam unga ustozlik qilgan. Xoja Muxammad Islom keyinchalik naqshbandiylik tariqatini keng targʻib qilgani uchun «Piri Shastiy» unvoniga ham sazovor boʻlgan. Xoja Muxammad Islom yoshligidan davlat va siyosat ishlariga faol aralashgan. Buxoro hokimi Ubaydulla sulton saroyida xizmatda boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
XOJA MUXAMMAD ISLOM