Xo‘ja Alambardor maqbarasi haqida to’liq ma’lumot oling
Post Views:
798
XO‘JA ALAMBARDOR MAQBARASI (Kamolon ko‘chasi, 109a-uy) – me’moriy yodgorlik (19-asr). Mahalliy rivoyatga ko‘ra, maqbara Qaffol Shoshiyning safdoshi, alambardor (bayroqdor) nomi bilan mashhur bo‘lgan Xo‘ja Alambardor sharafiga qurilgan. Uning taxmin qilingan qabri (10-asr) Kamolon darvozasi ortida bo‘lib, ziyoratgoh memorial majmuaga asos bo‘lgan; uning yer osti chillaxonasi hozirgacha saqlangan. Maqbara qabristonning markazida joylashgan, peshtoq gumbazli bir xonali inshootdan iborat. Bino o‘lchami – 8,87×8,0 m, xona o‘lchami – 6,8×6,8 m, bal. (gumbazi bilan) – 10,3 m.
Xo‘ja Alambardor aslida Sayramda dafn etilgan (Xo‘ja Alambardor maqbarasidagi qabr ramziy).
Xo‘ja Alambardor jome masjidi – eski binosi 19-asrda Orifxo‘jaboy tomonidan qurilgan. 1993 yil yangi bino qurishga ruxsat olinib, 2005 yil qurib bitkazilgan. Masjid Yangiobod, Kamolon, Kattabog‘, Charx Kamolon, Samarqand darvoza va Beshyog‘och mahallalariga xizmat ko‘rsatadi (5000 kishiga mo‘ljallangan).
«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil
Malumotlar
Xo‘ja Alambardor maqbarasi