XODUKIN Nikolay Ivanovich
XODUKIN Nikolay Ivanovich (1896, Troisk sh. — 1957, Toshkent) — parazitolog va epidemiolog olim. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1947). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1940). Tibbiyot fanlari dri (1936), prof. (1936). Qozon universitetining tibbiyot f-tini tugatgan (1919). Toshkent Vaksina va zardoblar intining parazitologiya bulimi mudiri (1925 — 40), ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1940—57). Ilmiy ishlari Oʻzbekistonning oʻlka patologiyasi, bezgak, leyshmanioz kasalliklarini oʻrganishga oid.
Ensiklopediya.uz
XODUKIN Nikolay Ivanovich