XOʻJAYEV Nizomiddin Asomiddinovich

XOʻJAYEV Nizomiddin Asomiddinovich

XOʻJAYEV Nizomiddin Asomiddinovich (1885 — Toshkent — 1942) — siyosat va jamoat arbobi. Boshlangʻich rustuzem maktabi (1900) va Oʻrta Osiyo universitetining ijtimoiy fanlar ftida (1929) oʻqigan. 1901-y. da Toshkentdagi Ilin bosmaxonasida ishchi boʻlib ishlagan. «Turon» jamiyatida faol katnashgan (1913—17). 1916-y. dan Oʻrta Osiyoda koʻtarilgan qoʻzgolonni kuvvatlab, xalkni podsho Rossiyasiga qarshi kurashga daʼvat etgan. Fevral inqilobi (1917)dan soʻng Toshkent Eski shahar hunarmandlar uyushmasi rahbari, oziq-ovqat qoʻmitasi aʼzosi. Turkiston muxtoriyatini quvvatlab, Toshkentda oʻtkazilgan namoyishning tashkilotchilaridan biri (1917-y. dek.). Keyinchalik bolsheviklarga yaqinlashib, partiya safiga kirgan (1918). Toshkent Eski shahar soveti Ijroiya qoʻmitasi raisi, Eski shahar partiya komiteta kotibi (1918 — 19). Fargona viloyati inqilobiy qoʻmitasi raisi, Turkiston ASSR MIQ aʼzosi (1919—20). Turkiston Kompartiyasi huzuridagi Musulmonlar byurosi ishida qatnashgan.

Ensiklopediya.uz
XOʻJAYEV Nizomiddin Asomiddinovich