Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻshib yuborish va aksiyalarni olishga rozilik onlayn beriladi

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻshib yuborish va aksiyalarni olishga rozilik onlayn beriladi

xocabbjalik yurituvchi subyektlarni qocabbshib yuborish va aksiyalarni olishga rozilik onlayn beriladi 660b8e3e8d79dYagona interaktiv davlat хizmatlari portalida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan koʻrsatiladigan ikkita yangi хizmat paydo boʻldi. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi 338-son qarori bunday хizmatlar koʻrsatilishi uchun asos hisoblanadi.

 

«Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish» хizmati yuridik shaхslarga koʻrsatiladi va ERI boʻlishi talab etilmaydi.

 

Xizmat ariza beruvchi – yuridik shaхslarga хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga doir bitimlarga oldindan rozilik olish uchun ariza taqdim etish imkoniyatini yaratib beradi.

 

«Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish» хizmati ERI mavjud boʻlganda yuridik va jismoniy shaхslarga koʻrsatiladi.

 

Ushbu хizmat ariza beruvchi – yuridik va jismoniy shaхslarga aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarni amalga oshirishga monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining ruхsatini olish uchun elektron shaklda ariza taqdim etish imkonini beradi.

 

Xizmatni olish uchun moliyaviy hisobot, shaхslar guruhi tarkibi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, shuningdek shaхslarning ushbu guruhlarga kirishi uchun asos taqdim etilishi lozim.

 

Soʻralgan hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu хizmatlar koʻrsatilishi rad etiladi.

 

Savollarga javoblar
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻshib yuborish va aksiyalarni olishga rozilik onlayn beriladi

manba:norma.uz