XOʻJA PARIXONTEPA

XOʻJA PARIXONTEPA

XOʻJA PARIXONTEPA, Xoʻja Farxon — Toshkentdagi ilk oʻrta asrlarga oid arxeologik yodgorlik, otashparastlar qabristoni (mil. 6—7-a. lar). Beruniy shohkoʻchasi bilan Niyozov koʻchalari kesishgan yerda joylashgan. 1988-y. Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (M. I. Filanovich) tomonidan oʻrganilgan. X. P. marhumlar ossuariylarda dafn etilgan nekropol ekanligi aniqlangan. X. P. ning oʻtmishda bal. 5 m boʻlgan. X. P. ning ustki qatlami 20-a. boshida qabriston boʻlib Tojik mozor deb atalgan. Xoʻja Parixontepada qoraxoniylar davrida xumdon boʻlgan. X. P. dan topilgan koʻplab ossuariylar Choch va Iloq aholisi oʻrtasida islomdan avval zardushtiylik keng tarqalgani, Sugʻd va Xorazm bilan yaqindan aloqalar mavjud boʻlganidan dalolat beradi. Xoʻja Parixontepa oʻrnida hozir zamonaviy binolar bunyod etilgan.

Ensiklopediya.uz
XOʻJA PARIXONTEPA