XOʻJAMQULIBEK BALXIY
XOʻJAMQULIBEK BALXIY — Imomquli oʻgʻli (taxallusi Qipchokxon) (17-a. oxiri — 18-a. ning 1-yarmi) — tarixchi olim va davlat arbobi. Otasi Imomquli qoʻshbegi Subhonqulixon saroyida xizmat qilgan. Xoʻjamqulibek Balxiy Balx hokimi huzurida siyosiy faoliyat boshlagan. 1692—93 y. larda Xiva qoʻshinlari Qorakoʻlga bostirib kelganida Xoʻjamqulibek Balxiy otasi bilan birgalikda Mahmudbiy qatagʻon rahbarligida dushmanga qarshi kurashgan. Otasini Makkaga haj safariga kuzatib borgan (1695—96) va orqaga qaytishda Panjobda qolishgan. Chunki bu paytda Balx hukmdori Mahmudbiyning markaziy hokimiyat (Buxoro)ga nisbatan ayirmachilik siyosati natijasida Balxda siyosiy ahvol murakkablashgan edi.
Ensiklopediya.uz
XOʻJAMQULIBEK BALXIY