XMELNISKIY

XMELNISKIY

XMELNISKIY Bogdan (Zinoviy) Mixaylovich (taxm. 1595—1657.6.8) — ukrain davlat arbobi, sarkarda, Ukraina getmani (1648—57), polyaklar zulmiga qarshi koʻtarilgan mustaqillik urushi rahbari (1648—54). 1637 — 38 y. lardagi xalq qoʻzgolonlarida qatnashgan. 1640-y. oʻrtalarida polyaklarga qarshi qoʻzgʻolonga tayyorgarlik koʻrib, kazaklar qoʻshinini tuzgan. 1648-y. qamoqqa olingan, lekin koʻp oʻtmay Zaporojye Sechiga qochgan.

Ensiklopediya.uz
XMELNISKIY