XLOROFORM

XLOROFORM

XLOROFORM, trixlormetan, SNS13 — oʻtkir hidli, shirin taʼmli, rangsiz suyuklik. Suyuklanish trasi —63,5°, qaynash trasi 61,2°, zichligi 1148 kg/m3 (20° da). Suvda erimaydi, organik erituvchilar (spirt, efir va b.) bilan aralashadi. Yorugʻlikda havo kislorodi taʼsirida astasekin parchalanib fosgen, xlor, vodorod xlorid va chumoli kislota hosil qiladi. Xloroformni barqarorlashtirish uchun unga 1% li etil spirta qoʻshiladi. X. metan, atseton yoki spirtni xlorlab olinadi. Freonlar sintezida boshlangʻich xom ashyo hisoblanadi. Narkotik moddalar guruhiga mansub. Tibbiyotda narkoz, sanoatda erituvchi sifatida qoʻllanadi.

Ensiklopediya.uz
XLOROFORM