XLORATLAR

XLORATLAR

XLORATLAR — xlorat kislota (NS1O3) tuzlari. Oddiy t-rada barqaror kristall modda, qizdirilganda yoki katalizatorlar ishtirokida kislorod chiqarib parchalanadi. Koʻpchilik X. suvda va baʼzi organik erituvchilarda eriydi. Organik va oson oksidlanadigan moddalar bilan portlovchi aralashmalar hosil qiladi. Metall xloridlarning suvdagi eritmalarini elektrokimyoviy oksidlanish, metall gidroksidlarni xlorlash usullari bilan olinadi. Xloratlardan natriy xlorat NaClO3, kaliy xlorat KS1O3 (bertolle tuzi), kalsiy xlorat (SaS1O3)2, magniy xlorat (MgClO3)2 sanoat mikyosida ishlab chiqariladi. Natriy xlorat gugurt va pirotexnik tarkiblarni tayyorlashda, kalsiy xlorat kaliy xlorat olishda oraliq mahsulot sifatida ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
XLORATLAR