XIVA TUMANI

XIVA TUMANI

XIVA TUMANIXorazm viloyatidat tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Tuman shim., shim. gʻarb va gʻarbdan Qoʻshkoʻpir, shim. sharqdan Urganch va Xonqa, sharqdan Yangiariq tumanlari, jan. va jan. gʻarbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Mayd. 0,47 ming km2. Aholisi 174,5 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Xiva), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Gandimiyon, Dashyoq, Juryon, Irdimzon, Oqyop, Sayot, Chinobod, Shomoxulum, Eski Qiyot) bor. Markazi. — Xiva sh.

Ensiklopediya.uz
XIVA TUMANI