XIVA ICHAN QALʼA MUZEYQOʻRIQXONASI

XIVA ICHAN QALʼA MUZEYQOʻRIQXONASI

XIVA «ICHAN QALʼA» MUZEYQOʻRIQXONASI, Xiva «Ichan qalʼa» tarixiymeʼmorlik muzeyqoʻriqxonasi — Xiva sh. dagi muzeyqoʻriqxona; Xorazmning qad. moddiy va madaniy yodgorliklarini, avloddanavlodga oʻtib kelayotgan oʻziga xos anʼanalarini saklash, oʻrganish va targʻib qilish bilan shugʻullanadigan madaniymaʼrifiy muassasa. 1920-y. Koʻhna Ark (Arzxona)da koʻrgazmamuzey tarzida ochilgan; 1924-y. Toshhovlita koʻchirilgan. 1969-y. dan Xorazm tarixiyinqilobiy muzeyi «Ichan qalʼa» muzeyqoʻriqxonasi bilan birlashtirilib, hoz. nomi bilan ataladi. 1990-y. da Ichan qalʼa oʻzining tarixiy ahamiyatga ega maydonlari (Dishan qalʼa devori xarobalariga qadar boʻlgan hududi) bilan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Ensiklopediya.uz
XIVA ICHAN QALʼA MUZEYQOʻRIQXONASI