Xitoyda Telegramni taqiqlashdi
Xitoy hukumati Pavel Durov jamoasi tomonidan yaratilgan Telegram dasturiga e’tiborlarini qaratishdi. 2015-yil 12-iyulidan boshlab ushbu xizmat butun mamlakat bo’ylab taqiqlandi. Taqiqlov sabibi siyosiy: «Inson huquqlari himoyachilari ushbu xizmat yordamida Kommunistik partiyaga va mamlakat hukumatiga qarshi hujum qilishgan».
Telegram — oxirgi vaqtlarda paydo bo’lgan, ma’lumotlarni shifrlovchi IM klientdir. Ular maxsus kriptografik usulni qo’llashadi. Uning yordamida, abonentlar o’rtasida maxsus himoyalangan kanal yaratiladi va abonentlar shaxsiy xabarlari manziliga yetib borgach, juda qisqa muddatdan so’ng yo’q qilinib yuboriladi va serverda hech qanday ma’lumot saqlanmaydi.
Xitoy o’z fuqarolarini ijtimoiy tarmoqlar va IM yordamidagi kommunikatsiyasini juda qattiq kuzatasi. Bunday xizmatlarga ular o’z serverlarini mamlakat hududida joylashtirganliklaridan keyingina faoliyat olib borishlariga ruxsat beradi.
Xizmatni taqiqlanishi xitoyliklar Telegramdan olib borilayotgan kommunikatsiyasini kuzatolmasliklaridan dalolat beradi. Hozirgi kunda Telegram IM kriptografik himoyasi hech qanday havfsizlik jihatdan nuqsonlarga emasligi bilan mashxur.
Manba:
Yangiliklar
Xitoyda Telegramni taqiqlashdi