XITOY

XITOY

XITOY, Xitoy Xalq Respublikasi (xitoycha Chjanxua jenmin gunxego) , XXR — Markaziy va Sharqiy Osiyoda joylashgan davlat. Dunyoda aholisi eng kup va maydoni jihatidan eng yirik davlatlardan biri. Sharqda Tinch okeanning Sariq, Sharkay Xitoy va Jan. Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. 9,6 mln. km2. Aholisi 1 mlrd. 292 mln. 750 ming kishi (2003). Poytaxti — Pekin sh. Maʼmuriy jihatdan 23 provinsiya (Xitoy Taypeyi ham shu hisobga kiradi), 5 muxtor rn va markazga boʻysinuvchi 4 shahar (Pekin, Shanxay, Tyanszin, Chunsin)ga boʻlinadi.

Ensiklopediya.uz
Xitoy