XITOY YOZUVI

XITOY YOZUVI

XITOY YOZUVIsoʻz va morfemalarni yozishda maxsus belgilar — iyerogliflar qoʻllanadigan yozuv. X. yo. da iyerogliflar shakli turli kombinatsiyalarda takrorlanuvchi 1 dan 36 tagacha boʻlgan standart chiziqlardan tashkil topadi. Ierogliflar maʼlum yozuv qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda muayyan tartibda (chapdan oʻngga, yuqoridan pastga) yoziladi. Eng qad, piktogrammaiyerogliflar mil. av. 2ming yillik oʻrtalariga mansub. Xitoy yozuvi tarixida iyerogliflarning 7 xil — gu ven (qad. yozuv), da juan (katta belgili yozuv), syao juan (kichik belgili yozuv), li shu (rasmiy yozuv), sing shu (yarim tez yozuv), sao shu (tez yozuv), kay shu (namunali yozuv) kabi yozilish uslublari boʻlib, ular 4—5 ming yil davomida biri birining oʻrnini egallagan holda shaklan oʻzgarib, takomillashib borgan. Xoz. paytda mil. 1—2-a. larda ishlab chiqilgan «kay shu» husnixat turidan keng foydalanilmoqda.

Ensiklopediya.uz
XITOY YOZUVI