Xirurgiya sohasini rivojlantirish bo`yicha muhim qaror qabul qilindi

Xirurgiya sohasini rivojlantirish bo`yicha muhim qaror qabul qilindi

“Xirurgiya xizmatini transformasiya qilish, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oshirish va ko`lamini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Unda aholiga yuqori malakali jarrohlik yordamini ko`rsatish sifatini oshirish, hududlarda kaminvaziv va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini keng joriy qilish, xirurgiya yo`nalishidagi tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, sohada ilm-fanni rivojlantirish maqsadida xirurgiya xizmatini transformasiya qilishning asosiy yo`nalishlari belgilandi.

Unga ko`ra:

  • akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat, tuman (shahar) birlamchi bo`g`in tibbiyot muassasalari o`rtasida uzviy bog`liqlikni ta`minlash;
  • tuman (shahar) va hududlar darajasida kaminvaziv va yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini keng joriy etish;
  • Xirurgiya markazida transplantasiya amaliyotlarini xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda keng joriy etish;
  • xirurg, anesteziolog, reanimatolog, nefrolog va boshqa mutaxassislarning salohiyatini oshirish, ularni nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlarida malaka oshirishi va stajirovka o`tashini tashkil etish, zamonaviy simulyasion markazda mutaxassislar tayyorlashni yo`lga qo`yish;
  • xirurgiya yo`nalishida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, xodimlarning ilmiy salohiyatini oshirish;
  • aholiga malakali xizmatlarni ko`rsatish maqsadida Xirurgiya markazi, uning filiallari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari xirurgiya, anesteziologiya-reanimasiya bo`limlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash belgilandi.

Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Xirurgiya sohasini rivojlantirish bo`yicha muhim qaror qabul qilindi