Xiralashgan kiyim ranglarini qanday tiklash mumkin

Xiralashgan kiyim ranglarini qanday tiklash mumkin

Axlatni belgilangan joyga tashlash kerakligi ko‘p ta’kidlanadi. Ammo, yuqorida aytganimizdek, jamoat joylarida yetarlicha axlat qutilari yo‘qligi ham bor muammo.

Ko‘chaga chiqindi tashlashdan nega uyalmaymiz?

Xalqimizning ko‘p yaxshi xislatlari bor, ammo ular qatoriga, afsuski, tabiatni asrash fazilati hali qo‘shilmagan.

Buni, masalan, Toshkent ko‘chalarini kezib, yo‘laklarda, ariqlarda yotgan maishiy chiqindilar misolida ko‘rish mumkin. Yoki daraxtlar shafqatsizlarcha kesilayotganidan befarqlik ham shundan darak.

Urnalar yetishmasligi, daraxtkesarlarga qonun ishlamayotgani kabi omillarni inkor etib bo‘lmaydi, to‘g‘ri, biroq atrof-muhitni juda bir e’zozlaydigan xalqmiz deyish ham mubolag‘a bo‘ladi.

Asosiy muammo – bu mavzuga hech kim jiddiy qaramasligida

Ekofaol, “Tozalik farishtalari” loyihasi muallifi Mo‘tabar Xushvaqtova odamlarning tabiatga munosabati o‘zgarmasa, bu ketishda 10 yil ichida O‘zbekiston chiqindixonaga aylanishidan xavotirda.

“Shahardan charchagan odamlar tez-tez tog‘ yonbag‘irlariga chiqishadi. Chunki faqat u yerda chiroyli toza havo, tabiat bor. Lekin ularning orqasidan bir xalta axlat qoladi. Natijada o‘sha joylar ham bir necha yilda axlatxonaga aylanadi. Va bizda dam olish uchun joyning o‘zi qolmaydi”, – deydi u.

Mo‘tabar “Tozalik farishtalari” loyihasini 4 yildan beri amalga oshiradi. Uning aytishicha, boshida bu loyiha ko‘pchilikka yoqqan. Hozir bu mavzuga e’tibor susaygan. Shunday bo‘lsa-da, bu mavzu haqida gapirishdan to‘xtamaslik kerak.

“Atrof-muhit tozaligi haqida OAVda tinmay bong urish kerak. Bu mavzu qayerdadir yumor, qayerdadir jiddiy ko‘rinishda yoritilishi kerak. Asosiy kamchilik – bu mavzuga hech kim jiddiy yondashmasligida: na davlat, na odamlar. Avvalo odamlar axlatni saralashni o‘rganishi kerak, bu jarayon sekin ketishi mumkin, lekin, albatta, natijasini beradi”, – deydi Mo‘tabar.

Kodeksdagi deyarli ishlamaydigan moddalar

O‘zbekistonda atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun jarimalar belgilangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 82-, 91-, 123-moddalarida chiqindini tashlash bo‘yicha normalar belgilab qo‘yilgan. 82-moddaga muvofiq, muhofaza qilinayotgan tabiiy hudud rejimini buzish 1,1 mln so‘m miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, fuqaro 91-moddada ko‘rsatilganidek noqonuniy joyga chiqindini tashlaydigan bo‘lsa, hozirgi kunda 669 ming so‘m jarima to‘laydi. Avtomashinadan chiqindini tashlaydigan bo‘lsa, 123-moddaga asosan 223 ming so‘mgacha jarimaga tortiladi.

“Afsuski, jarima miqdorini belgilab qo‘yish bilangina ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi, – deydi filologiya fanlari nomzodi, dotsent, ekojurnalist Nargis Qosimova. – Ijro mexanizmi uzluksiz ishlashini ta’minlash va mexanizm amalda o‘zini oqlashi lozim. Eng avvalo, qonunchilikni takomillashtirish, chiqindini belgilanmagan joyga tashlanishining oldini olish uchun jarimalarni oshirish va ularni nazorat qilish zarur.

Chiqindi tashlaganlarni qattiq jazoga tortish (kameralar orqali aniqlash), aholini chiqindini saralashga o‘rgatish, ularni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish zarur.

OAVda ham falonchi chiqindini belgilanmagan joyga tashlagani uchun jazolanibdi, jarimaga tortilibdi, degan gaplar yoritilmaydi. Demak, chiqindi bo‘yicha nazorat haminqadar”.

Shaharlarni urnalar bilan ta’minlash haqidagi bir nechta hujjatlar talablarini nihoyat bajarib, shundan keyin axlatni ko‘chaga uloqtirganlik ustidan nazoratni kuchaytirish, o‘ylashimizcha, eplasa bo‘ladigan vazifa. Pandemiya davrida yuz minglab niqob taqmaganlar tinimsiz kuzatilib, jarimaga tortildi. Nega endi artof-muhit tozaligi uchun shunday qilib bo‘lmaydi?

Chiqindi sohasidagi tadbirkorlikni rag‘batlantirish kerak

Foto: Kun.uz

Axlatni belgilangan joyga tashlash kerakligi ko‘p ta’kidlanadi. Ammo, yuqorida aytganimizdek, jamoat joylarida yetarlicha axlat qutilari yo‘qligi ham bor muammo.

Ekojurnalist Nargis Qosimova jamoatchilik joylarida yetarli qutilarni qo‘ymay turib, aholini ekologik madaniyatga o‘rgatish samara bermaydi, degan fikrda. Uning aytishicha, chiqindi qutilari hattoki sayilgohlarda ham yetishmaydi, bori ham o‘z vaqtida tozalanmaydi. Chiqindini saralashni bolalikdan o‘rgatish, buni bog‘cha, maktablardan boshlash kerak.

“Ammo yana bir masala. Chiqindi saralagan taqdiringizda ham, chiqindi to‘plash joylarida yana uni aralashtirib yuborish holatlari bor. Bu esa aholining bu boradagi rag‘batini yo‘qotadi. Demak, hududlarda chiqindini qayta ishlash zavodlariga ehtiyoj katta”, – deydi u.

Bu kabi chiqindi saralash qutilari Toshkentda juda-juda kam / Foto: Kun.uz

Demak, chiqindi klasterlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hozirgi choralarni yetarli deb bo‘lmaydi. Kuni kecha Ekologiya qo‘mitasi rahbariyati chiqindi sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazibdi, shu kabi uchrashuvlar tez-tez o‘tkazib turilishi va soha rivoji yo‘lidagi muammolar tezroq bartaraf etilishi maqsadga muvofiq.

8 yil ichida eng toza shaharga aylanish: Kalgari buni qanday uddaladi?

Kalgari shahri / Foto: Alix Kreil / Shutterstock

Atrof-muhit tozaligi bilan bog‘liq muammolar O‘zbekistondagina uchramaydi, albatta. Shu o‘rinda bu muammoni boshidan o‘tkazib, yechim topgan avvalqadam davlatlar tajribasi muhim.

Kanadaning Alberta provinsiyasida joylashgan Kalgari shahri bir necha yillar davomida iflos shaharlar reytingida yetakchi bo‘lib kelgan. 2015 yilga kelib esa shahar dunyoning eng toza shaharlari 10taligiga kirgan. Kalgari buni qanday uddaladi?

2007 yilda shahar tozaligi uchun “Too good to waste” dasturi ishlab chiqildi. 2009 yilda Kalgari shahar kengashi axlat tashlaganlik uchun jarimani 500 dollarga oshirdi; transport vositasidan axlat tashlaganlik uchun 750 dollar va yonayotgan sigaretani mashina oynasidan uloqtirganlik uchun 1000 dollar jarima belgiladi. Chiqindi poligonlari ham chiqindi uchun chora emasligini anglagan kalgariliklar “Too good to waste” dasturiga chiqindini qayta ishlash evaziga uni poligonlarga jo‘natishni kamaytirdi.

2000 yillarda Kalgarida shaharlashuv natijasida qurilishdan juda ko‘p miqdorda qayta foydalanish mumkin bo‘lgan chiqindi hosil bo‘lgandi. Ular endi poligonga emas, qayta ishlab, yangi qurilishlarga yo‘naltiriladigan bo‘ldi. 80 foiz chiqindini 2020 yilgacha poligonlarga yubormaslik dasturi ishlab chiqildi. “Yashil Kalgari” sayti ishga tushirilib, shaharni qanday tozalash bo‘yicha muhim maslahatlar berib borildi. Unda kompost qilish, chiqindisiz tushlik qilish, axlat qutisiga nima tashlash kerak va kerak emasligi kabi elementar bilimlar oddiy qilib tushuntirilgan.

Bundan tashqari, Kalgarida aprel va iyun oylarida bahorgi tozalash (spring clean-up) ishlari olib boriladi va 15 ming km piyoda va avtomashina yo‘llari tozalab chiqiladi.

Yaponlar chiqindini ko‘chaga tashlashni emas, o‘zlari bilan olib ketishni afzal ko‘radi

Foto: Ian Dagnall /Alamy

Ko‘pchilik sayyohlar Yaponiya taassurotlarida ko‘chalarda axlat yo‘qligidan hayratga tushganini aytadi. Yaponiyada II Jahon urushidan keyingi tezkor sanoat sabab chiqindilar asosiy muammoga aylangandi. Ayniqsa, Tokioda juda ko‘p narsani tashlab yuborishga to‘g‘ri kelgach, chiqindi uchun poligonlarda joy qolmagan. 1990 yillardagi chiqindi nazoratiga oid qonunlar chiqindi poligonlariga iloji boricha kamroq narsa olib borish haqida edi. Qat’iy tartib sabab chiqindi tashlamaslik ham yapon madaniyatining bir qismiga aylandi. Ular chiqindini ko‘chaga tashlashni emas, o‘zlari bilan olib ketishni afzal ko‘rishadi.

Ko‘cha ovqat sotuvchilaridan ovqat xarid qilib, qog‘ozini sotuvchiga qaytarib bersangiz, bu tabiiy hol sifatida qaraladi.

Yaponlarning uyida axlat qutilari muhim o‘rin tutadi. Axlatni qayta ishlash bo‘yicha hech kim yaponlarning oldiga tusholmaydi. Ularning konteynerlari xilma-xil chiqindilarga moslashgan. Yaponiyadagi Kamikastu shahridagi qayta ishlash vositalari chiqindilarni 40 turga ajratish orqali chirimaydigan chiqindining 80 foizini poligonlarga tashlashdan saqlab qolyapti. Har bir shahar uchun “Gomi guides” degan reja bor. Unda nima, qayerda va qachon qayta ishlanishi haqida ma’lumot beriladi.

Yaponlar plastikning 77 foizini qayta ishlaydi. Bu – Britaniyanikidan deyarli 2 barobar ko‘p, AQShdagidan 20 foiz yuqori.

Yapon maktablarini o‘quvchilarning o‘zi tozalaydi

Foto: Chris Willson / Alamy

BBC muxbirlari Stiv Jon Pouyell va Anjyeles Marin Cabelloning Yaponiya ko‘chalari tozaligi haqidagi maqolasi shunday boshlanadi:

“O‘quvchilar 7ta 50 daqiqali dars tugagach, uyga ketishga chog‘lanib, portfellari olib, partalariga o‘tirishdi. O‘qituvchi ertangi jadval haqida e’lon qilishini sabr bilan tinglashdi. Keyin har kungidek, o‘qituvchining oxirgi gapi shunday bo‘ldi: Bugun 1- va 2-qatorlar sinfni, 3- va 4-qatorlar dahliz va zinani, 5-qator xojatxonani tozalaydi. 5-qator o‘quvchilari orasidan noroziliklar eshitilgan bo‘lsa ham, ular supurgi, lattalarni olib hojatxona tomon ketishdi. Bunday voqea Yaponiyaning deyarli hamma joyida har kuni takrorlanadi”.

“12 yillik maktab ta’limi davomida boshlang‘ichdan to yuqori sinfgacha tozalik vaqti o‘quvchilar kunlik jadvalining muhim qismiga aylangan. Shuningdek, uyimizda ham bizga narsalarimiz va xonadonimizni toza saqlamaslik yomon deb o‘rgatishadi”, – degan Hirosima prefekturasining Tokiodagi vakolatxonasi direktori yordamchisi Maiko Avane.

Maktabga kelgach o‘quvchilar oyoq kiyimlarini shkafda qoldirib, maktab uchun alohida oyoq kiyim kiyishadi. Odamlar ko‘chaga kiygan oyoq kiyimlarini uyga kiraverishda qoldirib kirishadi. Bunday dunyoqarash bolalarda maktab davrida rivojlansa, keyin ular ulg‘aygach qo‘shnilari, shaharlari va butun mamlakatga nisbatan shunday munosabatda bo‘lishga o‘rganishadi.

“Boshqalar bizni o‘z atrofini tozalab yurishga aqli yetmaydi, deb o‘ylashini xohlamaymiz…”

Yaponiyalik muxlislar Rossidagi JCh-2018da o‘tirgan tribunalaridan chiqindilarni yig‘ib ketgani olqishlarga sazovor bo‘lgandi / Foto: AFP / Juan Barreto

Ijtimoiy xabardorlik yaponlarning kunlik hayotida ham aks etadi. Ertalabki 8da ofis ishchilari va do‘kon xodimlari o‘zlarining ish joyi atrofini tozalab chiqadi. Volontyor bolalar har oyda ko‘chalarni tozalab, o‘z maktablari atrofidagi axlatlarni yig‘ib chiqishadi. Qo‘shnilar ham doimiy tozalik kunlarini o‘tkazishadi. Odamlar banknotalarni birovning qo‘liga bermaydi. Masalan, taksiga chiqqaningizda pul qo‘yish uchun maxsus patnislar bor.

Yapon futbol fanatlari ham tozaligi bilan dunyoni hayratga solgan. 2014 yil Braziliya va 2018 yil Rossiyadagi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida yapon jamoasi muxlislari futboldan keyin qolib, stadiondan chiqindilarni terib chiqishgan. O‘yinchilarning kiyinish xonalari ham toza turgan.

“Boshqalar bizni o‘z atrofini tozalab yurishga aqli va farosati yetmaydi deb o‘ylashlarini xohlamaymiz”, – degan Maiko Avane.

Singapurda fuqaro kiyimidagi nazoratchi axlat tashlaydiganlarni kuzatib yuradi

Singapurda sigaret qoldig‘i yoki shirinlik qog‘ozini ko‘chaga uloqtirayotganga qo‘lga tushsangiz, birinchi martasida 300 dollar jarimaga tortilasiz. Bu jarima bora-bora ming dollarga yetishi, hatto doimiy ravishda axlat terib yurishga majburlanishingiz ham mumkin.

Singapurda chiqindiga oid qonunlar ijrosi qat’iy nazorat qilinadi. Ko‘chalarda oddiy odamlar kiyimidagi minglab ishchilar asosiy ko‘chalarda yuradi. Ularning vazifasi – chiqindi tashlaydigan odamlarni aniqlash va to‘xtatish. O‘z navbatida, bu yerda axlatni konteynerga tashlash ancha oson: qutilar shahar bo‘ylab juda qulay joylarga joylashtirilgan va bu qonunni buzishga motiv qoldirmaydi.

Bundan tashqari, Singapurda saqich importi taqiqlangan. Ular chaynalgan saqichlarga eng ifloslantiruvchi narsa deb qarashadi, chunki saqichlarni tozalash oddiy chiqindini tozalashdan ancha qimmatga tushadi.

“Hammasi ishni yaxshi tashkillashtirishga bog‘liq”

Navoiy shahar dehqon bozori / Foto: Kun.uz

O‘zbekiston shaharlari orasida Navoiy shahri o‘zining ozodaligi bilan ajralib turishini ko‘pchilik e’tirof etadi.

Shahar tozalikka qanday erishganini Navoiy shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Maqsud Ortiqov shunday izohlaydi:

“Hammasi ishni yaxshi tashkillashtirishga bog‘liq. Doimiy ravishda bo‘lim boshliqlari o‘ziga biriktirilgan hududni nazoratga olib, tozalikka rioya qiladi. Daraxtlarga qaraydi, butaydi, oqlaydi, yo‘lning yomg‘ir o‘yib yuborgan qismlarini yamab chiqadi. Shahar bo‘yicha navbatchi elektriklar qo‘yilgan. Har kuni kechqurun qaysi ko‘chada, nechta lampa, qayerda kuyganini aniqlab chiqadi.

Mustaqillik, Navro‘z bayramlarida ko‘chalar har xil korxona tashkilotlar tomonidan doimiy tozalab turiladi, shanba-yakshanba kunlari ham tozlashga chiqib turishadi. Bir kunda hududni tozaligiga qarab 2-3 marta ham tozalanadi”, – deydi u.

Bir qaraganda bunday ishlar poytaxt ko‘chalari yoki istalgan katta shaharlarda ham takrorlanishi mumkin. Maqsud Ortiqovning aytishicha, odamlarning o‘zi ham axlat tashlamaslikka o‘rgangan. Ular dam olish kunlari hashar qilishga ko‘ngilli bo‘lib ham chiqishadi.

Nima qilish kerak?

Yegan mahsuloti qog‘ozini istalgan joyga uloqtirish tipik o‘zbekistonliklarga xos odatga aylandi. Bu borada Ekologiya partiyasi va Ekologiya qo‘mitasi dadil takliflar kiritmasa bo‘lmaydi. Bog‘cha va maktablarda chiqindini saralash bo‘yicha ekologik soatlar o‘tilishi kerak.

Bundan oldin, albatta, hukumatning o‘zida chiqindini qayta ishlash bo‘yicha aniq va qat’iy istak bo‘lishi kerak. Bu borada xorij tajribasini ham o‘rgangan holda mukammal reja ishlab chiqish to‘g‘ri bo‘lardi.

Axlat uloqtirganlik uchun jarima miqdorini oshirib, uning ustidan nazoratni kuchaytirish kerak. Shu bilan birga, chiqindi konteynerlari va ularning turini ko‘paytirish ham zarur. Konteynerlarni juda qulay joylashtirish kerakki, odamlar axlatni yerga tashlashiga hojat qolmasin.

Ajratilgan chiqindini qayta ishlash va chiqindi poligonlari esa yana bir katta mavzu. Bu haqda keyingi maqolalarda batafsil so‘z yuritamiz.

Zuhra Abduhalimova,
Kun.uz muxbiri

Xiralashgan kiyim ranglarini qanday tiklash mumkin

Albatta, siz sotib olgan kiyimlaringiz xiralashgan ranglarni ko’rganingizda, men g’azablanaman. Yaxshiyamki, kiyimingizga rang qo’shishning bir necha xil usullari mavjud. Ba’zida, yuvish vositalarining qoldiqlari kiyimlarni quritib, ularni xira qiladi. Bunday holda, kiyimlarni tuz yoki sirka bilan yuvish, ular yangi ko’rinishga ega bo’lishi mumkin. Agar kiyimning rangi ishlatishga yaroqsiz bo’lib qolsa, ularni yanada yorqinroq qilish uchun ularni yana bo’yoqqa botirishingiz mumkin! Pishirish soda, qahva yoki vodorod periksidi kabi uy tarkibiy qismidan foydalangan holda kiyimingizni rangini tiklashingiz mumkin.

Qadam

4-usulning 1-usuli: Kiyimni tuz bilan yorqinroq qilish

  1. Xiralashgan kiyimlarni va odatdagi yuvish vositalarini kir yuvish mashinasiga soling. Agar kiyimlaringiz rangi bir necha yuvinishdan keyin so’nib ketsa, buning sababi yuvish qoldig’ining paydo bo’lishi. Yuvayotganda tuz qo’shsangiz, bu qoziqdan xalos bo’lib, kiyimlaringizni yangi ko’rinishga keltiradi.
    • Chang yuvish vositalari suyuq yuvish vositalariga qaraganda ko’pincha qoldiqlarni qoldiradilar.
  • Agar xohlasangiz, har yuvishga tuz qo’shishingiz mumkin.
  • Muntazam yoki tozalangan tuz bu qadam uchun juda yaxshi ishlaydi. Biroq, qo’pol dengiz tuzini ishlatishdan saqlanish yaxshidir, chunki u kir yuvish mashinasida to’liq erimasligi mumkin.
  • Tuz, shuningdek, dog’larni, ayniqsa qon, chiriyotgan yoki terli dog’larni olib tashlash uchun ham samarali.
  • Ehtimol, ishlatilib bo’lmaydigan kiyimlarning rangini qaytarish uchun siz bo’yoqlardan foydalanishingiz kerak bo’ladi.

4 ning 2 usuli: Yuvish qoldig’ini olib tashlash uchun sirka yordamida

  • Sirka, shuningdek, detarjan qoldiqlarining kiyimda to’planishiga to’sqinlik qiladi. Shunday qilib, sirka yuvilganida yangi kiyimlarning rangini yo’qotishining oldini olish uchun juda yaxshi.

Maslahat: Keyinchalik chuqurroq tozalash uchun siz 4 stakan iliq suvda 1 stakan (250 ml) oq sirka suyultirishingiz mumkin. Odatdagidek yuvishdan oldin kiyimlarni ushbu sirka eritmasida 20-30 daqiqa davomida namlang.

  • Kiyimlaringizga mos keladigan yuvish davrini tanlang. Misol uchun, agar siz nozik narsalarni yuvsangiz, yumshoq yuvishni tanlang. Shu bilan birga, paxta yoki denim kabi kuchli matolardan tikilgan kiyimlar uchun siz oddiy yuvish tsiklidan foydalanishingiz mumkin.
  • Agar sirka hanuzgacha hidi bo’lsa, kiyimingizni tashqarida quriting yoki mato yumshatuvchi varaq bilan mashinada quriting. Kiyim quriganidan keyin sirka hidi ketishi kerak.
  • Agar kiyimingizning rangi hali ham zerikarli ko’rinadigan bo’lsa, bo’yoq eskirgan bo’lishi mumkin. Bunday holda, kiyim uchun bo’yoqdan foydalanish kerak bo’lishi mumkin.

4 ning 3 usuli: Kiyim rangini tiklash uchun bo’yoqlardan foydalanish

  1. Kiyimdagi yorliqni tekshiring, agar material bo’yoqqa singib ketmasin. Ba’zi matolar bo’yoqni boshqalarga qaraganda yaxshiroq singdiradi. Shunday qilib, bo’yoqlardan foydalanishga harakat qilishdan oldin, qanday matolardan yasalganligini ko’rish uchun kiyim yorlig’iga qarang. Agar u paxta, ipak, zig’ir, kenevir yoki jun kabi kamida 60% tabiiy tolalardan tayyorlangan bo’lsa yoki u tuman yoki neylondan tayyorlangan bo’lsa, kiyim bo’yoqni yaxshi singdiradi.
    • Tabiiy va sintetik tolalar aralashmasidan tikilgan kiyimlarning rangi bo’yalganida 100% tabiiy tolalardan tikilgan kiyim kabi qizg’in bo’lmasligi mumkin.
    • Agar sizning kiyimingiz akril, spandeks, poliester yoki metall tolalardan qilingan bo’lsa yoki yorliqda “Faqat quruq tozalash“, ehtimol, kiyimlar bo’yoqni yaxshi singdirmasliklari mumkin.

Maslahat: bo’yashni xohlagan kiyimlaringiz toza ekanligiga ishonch hosil qiling. Agar dog’lar yoki dog’lar bo’lsa, bo’yoq matoga bir tekis kirmasligi mumkin.

  • Agar kiyimingiz rangini o’zgartirishni xohlasangiz, avval dekoltiruvchi vositaga ehtiyoj seziladi.
  • Qo’lingizni himoya qilishingiz kerak, chunki bo’yoq bilan aloqa qilish terining tirnashiga olib kelishi mumkin.
  • Har bir funt kiyim uchun sizga taxminan 11 litr suv kerak bo’ladi.
  • Paqir yoki katta kostryulkalar ingichka toplar, aksessuarlar yoki bolalar kiyimlari kabi kichik narsalar uchun juda yaxshi. Shu bilan birga, kozok yoki jinsi kabi katta narsalar uchun plastik vanna yoki kir yuvish mashinasidan foydalaning.
  • Ko’pgina kiyimlarning vazni 0,2-0,4 kg ni tashkil qiladi.
  • Tozalashni osonroq qilish uchun bo’yoqni kichik idishda aralashtirganda plastik tayoq yoki qoshiqdan foydalaning. Shu tarzda siz uni tugatgandan so’ng darhol tashlab yuborishingiz mumkin.
  • Qancha aralashtirsangiz, rang bir xil bo’ladi. Ba’zi odamlar aralashtirib turadigan kiyimlarni kiyishni afzal ko’rishadi, boshqalari esa bir necha daqiqada aralashtiradigan kiyimlarni topishadi.
  • Esingizda bo’lsin, kiyimlar ho’l bo’lganida yanada qizg’inroq ko’rinadi. Kiyimni namlash tugaganligini aniqlashda buni hisobga oling.
  • Lavabo yoki vannani darhol tozalang, shunda bo’yoq dog ‘qolmaydi.
  • Kiyimni ichkaridan tashqariga burish, yuvish paytida ranglarini saqlab turishga yordam beradi.
  • Agar kerak bo’lsa, kiyimni yana bo’yoq eritmasiga namlang.

4 ning 4 usuli: Uydagi boshqa dorilarni sinab ko’ring

  1. Oqlarni yanada yorqinroq qilish uchun kir yuvish mashinasiga pishirish soda qo’shib ko’ring. Pishirish soda – bu uy tarkibidagi kiyim bo’lib, u kiyimlarni yanada yorqinroq ko’rinishga olib keladi va ayniqsa oqlarda juda samarali. Kir yuvish mashinasi barabaniga kiyim va oddiy yuvish vositasi bilan taxminan 1/2 chashka (90 gramm) pishirish soda soling.
    • Pishirish soda kiyimni dezodoratsiya qilish uchun juda yaxshi!
  2. Qora kiyimlarning rangini qaytaringchoy yoki qahva eritmasi yordamida. Agar sizga qora kiyimlarni yangi rangga qaytarishning oson va arzon usuli kerak bo’lsa, unda 2 stakan (500 ml) qahva yoki kuchli choy iching. Kiyimlarni kir yuvish mashinasiga qo’ying va odatdagidek yuving, lekin hech qaerga bormang. Durulama aylanishiga kirishda kir yuvish mashinasining qopqog’ini echib oling va qahva yoki choyni to’kib tashlang. Durulama aylanishini tugatib, keyin kiyimlarni quriting.
    • Qora kiyimlarni mashinada quritish ranglarning tezroq oqarishini ta’minlaydi.
  3. Ranglarni yanada yorqinroq qilish uchun kir yuvish mashinasiga maydalangan qora qalampir qo’shing. Odatdagidek kiyimlarni kir yuvish mashinasiga joylashtiring, so’ngra 2-3 choy qoshiq (8-12 gramm) maydalangan qora qalampir qo’shing. Qora qalampir yuvish vositalarining qoldiqlarini olib tashlashga yordam beradi, kukun esa yuvilib ketadi.
  4. Oqartirish uchun oqlarni vodorod periks bilan yuving. Agar oqlar bir necha yuvishdan keyin xira yoki xira bo’lib ko’rinsa, ularni oqartirish eritmasiga botirish vasvasasiga tushishingiz mumkin. Biroq, sayqallash vaqt o’tishi bilan rangni olib tashlaydi va matoni mo’rt qiladi. Buning o’rniga kir yuvish vositasiga 1 stakan (250 ml) vodorod periksni qo’shing va odatdagidek yuving.

Maslahatlar

  • Sizning kiyimingizni yanada yorqinroq qilish uchun yuqoridagi usullarni birlashtira olasiz. Masalan, kir yuvish paytida sirka va tuz qo’shilishi.
  • Kiyimlarni rangiga qarab ajrating, ichkaridan aylantiring va xiralashmasligi uchun ularni sovuq suvda yuving.

Ogohlantirish

  • Ushbu maqoladagi yorliqli kiyimlarda usullardan foydalanmang “faqat quruq tozalash“yoki quruq yuvilishi mumkin bo’lgan kiyimlar. Ushbu matolar juda yumshoq va odatda bo’yoqlarni yaxshi singdirmaydi.

Sizga kerak bo’lgan narsalar

Tuz bilan kiyimlarni yorqinroq qilish

  • Tuz
  • Kir yuvish uchun vosita

Sirka yordamida yuvish qoldig’ini olib tashlash kerak

  • Oq sirka
  • Yuvish vositasi
  • Tuz (ixtiyoriy)

Kiyimlarning rangini tiklash uchun bo’yoqlardan foydalanish

  • Bo’yoq
  • Katta idish yoki kir yuvish mashinasi
  • Issiq suv
  • Tarflar, lattalar yoki plastik sumkalar
  • Eski kiyimlar va qalin qo’lqoplar
  • Kichik chashka
  • Tuz
  • Tayyorlangan novda yoki plastik qoshiqni aralashtiring
  • Uzoq qoshiq yoki qisqichlar

Uydagi boshqa ingredientlarni sinab ko’ring

  • Pishirish sodasi (ixtiyoriy)
  • Qahva yoki choy (ixtiyoriy)
  • Qora qalampir (ixtiyoriy)
  • Vodorod periksidi (ixtiyoriy)

Qiziqarli malumotlar
Xiralashgan kiyim ranglarini qanday tiklash mumkin