XINONLAR

XINONLAR

XINONLAR, S6N4O2 siklik diketonlar. X. — oʻtkir hidli rangli kristallar; mas, p — benzoxinon va 1, 4naftoxinon sariq, obenzoxinon va antraxinonqizil rangli. Turli tabiiy pigmentlar X. ning hosilalaridir. X. aromatik uglevodorodlarni oksidlab va b. usullarda olinadi. X. va ularning hosilalari boʻyagichlar olishda oraliq mahsulot hisoblanadi (q. Antraxinon boʻyoqlar). Ular fungitsid, insektitsid, oshlovchi moddalar sifatida ham ishlatiladi. 2metil 1,4naftoxinon — K vitamini.

Ensiklopediya.uz
XINONLAR