XIDIRALIYEV

XIDIRALIYEV

XIDIRALIYEV Inomjon (Inogʻomjon) (1891.23.2, Namangan uyezdi Pop volostidagi Iskovat qishlogʻi — 1928.31.12, Moskva) — davlat va jamoat arbobi, diplomat. X. 1919-y. dan turli sovet idoralarida masʼul lavozimlarda ishladi: Fargʻona viloyati partiya qoʻmitasining kotibi (1920—21), Turkiston ASSR Yer ishlari xalq komissari (1922), Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi (1922—24). RSFSR Yer ishlari, federal komiteti Prezidiumi aʼzosi (1923—24). Turkiston ASSR ning RSFSRdagi muxtor vakili (1924-y. yanv. —noyab.). X. Turkiston respublikasi manfaatlarini himoya qilib, bolsheviklarning shovinistik siyosatiga qarshi kurashgan. Yer ishlari xalq komissari (1925) sifatidaX. Oʻzbekistonda yersuv islohotini amalga oshirishda faol qatnashgan. Paxtakor dehqonlarni iqgisodiy jihatdan qoʻllabquvvatlash, ijtimoiy himoya qilish tarafdori boʻlgan.

Ensiklopediya.uz
XIDIRALIYEV