XEVESHI

XEVESHI

XEVESHI (lot. Hevesy) Dyerd (Georg) (1885.1.8, Budapesht — 1966.5.7, Freyberg, GFR) — vengriyalik fizikkimyogar, radiokimyogar. Vengriya FA faxriy aʼzosi (1945-y. dan) Syurix va Manchester universitetlarida (1911 — 13), Venadagi radiy intida (1913), Budapesht universitetida (1913—20) ishlagan (1918-y. dan prof.). Kopengagen (1920—26 va 1934—43), Freyburg (1926 — 34) va Stokgolm (1943-y. dan) universitetlari prof. Ilmiy tadqiqotlari radiokimyoga oid. Izotop indikatorlar usulini taklif qilgan. Ilk bor biol. da radioaktiv indikator (radiy D) qoʻllab oʻsimliklarda qoʻrgʻoshinning taqsimlanishini oʻrgangan. D. Koster bilan birga gafniy kimyoviy elementini kashf etgan (1922). Ogʻir suvdan foydalanib tirik organizmlarda suv muvozanatini aniqlash mumkinligini kashf etgan (1941) Nobel mukofoti laureati (1943).

Ensiklopediya.uz
XEVESHI