XETT PODSHOLIGI

XETT PODSHOLIGI

XETT PODSHOLIGI — Kichik Osiyodagi qad. davlat (mil. av. 18—12-a. boshlari). Tarkibiga xettlar, xattlar va b. etnik guruxlar kirgan. Xettlar podshosi Anittas davri (taxm. 18-a.)da Anatoliyaning baʼzi viloyatlari birlasha boshlagan. U Nesa, Xattusas sh. larini bosib olgan. Kussar sh. ni poytaxt qilgan. Qad. xett sulolasining asoschisi — Labarna (17-a. boshlari) Xett podsholigi hududini kengaytirgan. Labarnaning vorisi Xattusilis I davri (17-a. oʻrtalari)da Kichik Osiyoning shim. dagi Salpa sh. va Kichik Osiyoning bir qancha jan. sharqiy viloyatlari batamom bosib olingan. U poytaxtni Xattusasga koʻchirgan. Xattusilis I ning oʻgʻli Mursilis I (17-a. oxiri) davrida Xett podsholigining harbiy qudrati nihoyatda oshgan. 14—12-a. larda Xett podsholari Shim. Suriya va Shim. Mesopotamiyada yashaydigan xurriy qabilalardan boʻlgan. Podsho Suppiluliumas I (14-a. boshlari) uzoq davom etgan urushlardan keyin Mitanni (Shim. Mesopotamiyadagi qad. davlat)ni bosib olgan. Ugarit (Shim. Finikiyadagi qad. shahardavlat) ni oʻz vassaliga aylantirgan. Mursilis II hukmronligi (14-a. oxiri)dan boshlab Xett podsholigi bilan Misr oʻrtasida Suriya uchun kurash ketgan. 13-a. oxiri — 12-a. boshlarida Xett podsholigi oʻzaro urushlar, qaram viloyatlar va ittifoqdosh podsholiklarning ajralib ketishi tufayli inqirozga uchragan. Qad. Xett Podsholigining oxirgi yirik podshosi Telepinu (16-a. oxiri) boʻlgan. Kichik Osiyoning sharqiga jan. va gʻarbdan xalqdarning koʻchib kelishi bilan podsholik barxam topgan.

Ensiklopediya.uz
XETT PODSHOLIGI