Xayr TAS-IX! Salom TAS-IX 2!
2017-yil 14-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Internet jahon axborot tarmog’ida milliy kontentni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 625-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda «2017 – 2019 yillarda Internet jahon axborot tarmog’ida milliy kontentni rivojlantirish bo’yicha kompleks dastur» tasdiqlandi.
Mazkur dasturda, xususan, Internet jahon axborot tarmog’i milliy segmentida operatorlar, provayderlar va kontent yaratuvchilar o’rtasida o’zaro hisob-kitob mexanizmini joriy qilishni ko’zda tutuvchi trafik almashish piring tarmog’i yaratish» belgilab berilgan. Mazkur texnik loyihaning amalga oshirilishi O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «O’zbektelekom» AK, O’zbekiston telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari zimmasiga yuklatilgan.
Qaror qabul qilinganidan keyin OAV vakillari mazkur loyihani «TAS-IX 2» yoki «to’lovli «TAS-IX» deb nomladilar, yangi piring tarmog’i 2004-yildan buyon amal qilib kelayotgan –«TAS-IX MUT(ma’lumotlar uzatish tarmoqlari)ning o’zaro hamkorligi markazi» NNT piring tarmog’ining muqobiliga, trafik almashish nuqtasiga aylanadi.
«O’zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi Bosh direktori Shuhrat Munavvarovich Qodirov yangi piring tarmog’ida trafik almashishni tashkil etish bo’yicha oldinda turgan rejalarni o’rtoqlashdi.
«Biz «yangi uyni qurmay turib, eskisini buzma» tamoyiliga amal qilamiz, bu yangi tizim mavjud TAS-IX tizimi bilan parallel ravishda xizmatlarni taqdim etishini anglatadi. Bunda TAS-IX ishida cheklovga ega bo’lgan barcha jihatlar hisobga olinadi. Keyinchalik esa – ulardan qay biri bozorda qolishini amaliyot ko’rsatadi.
Shuni tushunish zarurki, «TAS-IX MUT o’zaro hamkorligi markazi» NNT O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yilda ro’yxatga olingan. Markaz ushbu tashkilotga xususiy AS30865 Avtonom Tizimini taqdim etgan RIPE xalqaro tashkiloti tomonidan tan olingan. TAS-IX ni yaratish tashabbuskori O’zbekistonning yirik Internet provayderlari bo’lib hisoblanadi. «TAS-IX MUT o’zaro hamkorligi markazi» NNT moliyaviy va texnik mustaqil tuzilma hisoblanadi va uning asosiy moliyalashtirish manbai to’lovlar hamda joriy ishtirokchilar oylik hisoblaridan iborat bo’ladi. «O’zbektelekom» AK ham «TAS-IX MUT o’zaro hamkorligi markazi» NNT a’zosi bo’lib hisoblanadi. TAS-IX faoliyatining ijobiy tomonlariga qaramay, qator kamchiliklar ham mavjud.
Mavjud tizimda kontent generatori, ya’ni sayt egasining holati shundan iboratki, u provayderga xosting uchun to’lovni amalga oshirishga majbur. Yangi tizimda barchasi aksincha bo’ladi, unda shunday sharoitlar yaratish rejalashtirilmoqdaki, bu holda provayderlarning o’zlari kontent ishlab chiquvchilarining ortidan «yuguradilar», ya’ni mahsulot ularda joylashtirilishidan manfaatdor bo’ladilar. Bunday sharoitlar yanada qulay bo’ladi, shunga muvofiq ravishda, o’z kontentini joylashtirishni xohlaydiganlar soni ham o’sib boradi, sog’lom raqobat yuzaga keladi va bu kontent iste’molchilari uchun bozor sharoitidagi raqobat sifatida ifodalanadi. Shunday qilib, milliy kontent tarmoq foydalanuvchilari tomonidan talabgir bo’ladi, demak, uning generatsiyasi daromadli biznes bo’ladi. O’z navbatida, bu Uznetning mazmunan boyligida ko’rinadi, – o’z rejalari bilan o’rtoqlashdi Shuhrat Qodirov.
Bundan tashqari, TAS-IX muqobillarini joriy etish bir qator mavjud muammolarni, xususan, saytlar/portallar egalari xostingni sotib olgan provayderlar o’rtasida kontent almashish bo’yicha muammolarni hal etishni ko’zda tutadi». Ushbu loyihani joriy yilning o’zida amalga oshirish rejalashtirilgan.
O’zaro munosabatlarning yangi formati kontent sonining ko’paytirish va undan foydalanishning qulayligiga yordam beruvchi bozorda yangi sharoitlarni yaratadi. Natijada, tarmoqdan foydalanuvchilar soni o’sadi. Jumladan, maqsad asosida kontent-provayder manfaatlari turadi, bu esa xususiy mahsulot sifatining yaxshilanishida aks etadi.
Bundan tashqari, yangi loyiha kichik provayderlar uchun tizimga «kirish chiptasi» vazifasini ta’minlaydi, sababi uning o’zi kontent-resurslarga ulanishni tashkil etish masalasini hal etadi. Kontent-provayderlar uchun ma’lumotlarni qayta ishlash markazi doirasida muvofiq resurslarni ajratish vositasida masalaning texnik jihatlari ham ta’minlanadi. Tashkil etiladigan markaz yuqori tezlikdagi kanallar bazasida, jumladan, tarmoq elementlariaro tezlik 100 Gbit/s. gacha tezlikda tashkil etiladi. Shu tariqa, abonentlar sifatli kontent, jumladan, milliy kontentdan foydalanish cheksiz imkoniyatiga ega bo’ladilar. Uning natijasida, yangi foydali tariflarni ishlab chiqishga zarurat tug’iladi.
Bularning barchasi oddiy vazifa emas, «O’zbektelekom» AK qo’llab-quvvatlash va ularni amalga oshirishga nafaqat texnik jihatdan, balki ishga tijorat yondashuvi doirasida yordam berishga tayyor.
Manba:
Yangiliklar
Xayr TAS-IX! Salom TAS-IX 2!