«Xayr bog’cha salom maktab!» Ssenariysi to’liq malumot oling

«Xayr bog’cha salom maktab!» Ssenariysi to’liq malumot oling

Bog‘cha sahnasi bayramona bezatilgan. Markaziy devorga “ Xayr bog‘cham, salom maktab” yozuvlari aks ettirilgan. Atroflariga gullar qo‘yilgan. Bolalar sahnaga ohista yangrayotgan “Xayr bog‘cham“ musiqa fonogrammasiga quyidagi she’rlar o‘qilganda birma-bir kirib keladilar.

1.Ezgulikdadir qudrat 2. Vatanimiz quchog‘ida

Dilda yo‘q gina-qudrat O‘sib –ulg‘ayib shodon

O‘ylagani yaxshilik Maktab tomon yo‘l oldi bugun

Fe’li kengdir shu sabab Jajji go‘zal Parizodaxon

Mard o‘g‘lon Azizjon

3. Tishi ham tushib ketdi 4. Bog‘larimiz oralab

Bo‘yi ham o‘sib ketdi Gullar terdi dastalab

Yoshi ham bo‘ldi yetti Gullarning eng sarasin

O‘yinqaroq Shoxijaxon Opasiga berdi dastalab

Sho‘x-shodon Dilnozaxon

5. O‘ylagani yaxshilik 6. Jajjigina o‘zlari

Fe’li kengdir shu sabab Kulib turar ko‘zlari

Bilimga chanqoq o‘g‘lon Oydekkina o‘zlari

Biling bu bizni Og‘abekjon Shiringina Xadichaxon

7. Vatanimiz Quchog‘ida 8. Bog‘chada ta’lim olgan

O‘sib-ulg‘ayib shodon Xulqlari a’lo bo‘lgan

Maktab tomon yo‘l oldi bukun Yaxshi o‘qish niyati

Botir o‘g‘lon Ruslanjon Botir o‘g‘lon Jahongirjon

9. Biyron tillaridan 10. Burro-burro so‘zlaydi

Toza dillardan Kelajakni ko‘zlaydi

Sho‘xlikni aslo qo‘ymas Bu zehni o‘tkir Habibjon

Go‘zal qizimiz Muxlisa

11. Asalgina so‘zlari 12. Oy bo‘ladi moy bo‘ladi

Porlab turar ko‘zlari Sho‘xliklari soy bo‘ladi

Oydekkina o‘zlari Goh yugurar aylanib

Shiringina Aminaxon Arg‘imchoqqa boylanib

Jasur o‘g‘lon Lochinbek

13. Ezgulikdadir qudrat 14. Xuddi bog‘lar gul chechagi

Dilda yo‘q gina-qudrat Qirlarda yo lolalar

Maktab tomon yo‘l oldi O‘zbekiston kelajagi

Yoshi 7 ga ham to‘ldi Paxlavon o‘g‘lon Sherjalol

Istarali Barnoxon

15. Qora munchoq ko‘zlari 16. Bog‘chada ta’lim olgan

Lola misol yuzlari Xulqlari a’lo bo‘lgan

Ertak aytib to‘ymaydi Yaxshi o‘qish niyati

Buvisini qo‘ymaydi baxodir o‘g‘lon Behro‘zjon

Shirin qizaloq Nafisaxon

17. Guruximiz go‘zali 18. Kuylashib – o‘yin tushib

So‘zlari ham shirali O‘ynaydi birgalashib

A’lo o‘qish niyati Sho‘xlikni aslo qo‘ymas

Go‘zal qizimiz Zaxroxon Jasur o‘g‘lon Akbarjon

Boshlovchi: Yuzlaring yal-yal yonib, odimlaysan mardona

Bir qo‘lingda sumka bor, biridachi guldasta.

Oylar o‘tar yil o‘tar, ulg‘ayasan bir kun sen.

Seni kutar koinot , kutadi qahramon el.

Qizaloqlar, bolajonlar yetti yoshga to‘libsiz,

Tabriklaymiz biz sizni siz o‘quvchi bo‘libsiz.

Jahongir: Hurmatli ota-onalar va mehmonlar, bog‘cha xodimlari-yu, jajji bolajonlar.qalbi qaynoq murabbiylar. Mana bugun biz maktabga ketish oldidan xayrlashish kechasiga yig‘ilganmiz. Bugungi bayram bizning yodimizdan chiqmaydi.

Muxlisa: To‘g‘ri Jahongir bugungi kun hech kimning yodidan chiqmaydi, go‘daklik chog‘imizdan tarbiyalab ta’lim olishga o‘rgatgan

Hamma: Mo‘tabar va aziz opajonlarimizga har qancha ta’zim qilsak ham oz

Muxlisa: Nima uchun bugun biz

Quvnoq bayram qilamiz

Chunki tez kun ichida

Biz maktabga boramiz

Jahongir: Ona kabi mehribon

Ilm-fanlarga makon

Yayrab o‘qiyman har on

Qadrdonim maktabim

“Maktabga ketdim” qo‘shig‘i

Quvnoq raqs

Shoxijaxon: Bultur edim oltida, yoshim yetmay qoldida

O‘qishga olishmadi, maktabga yozishmadi

Yillar yurmas ketiga. bu yil to‘ldim yettiga

Endi katta bolaman, Men maktabga boraman

Men o‘qishga tappa-taxt besh olishga qildim axd

Har kun sanayman bir-bir qachon kelar sentabr.

Amina: Bog‘cham bo‘lsin deb shinam

Tolmay yelib yugurgan

Sizga ta’zim qilamiz

Raxmat mudira opajon

Og‘abek: Quchog‘ingdan ketaman

Ardog‘ingdan ketaman

Seni eslayman har dam

Maktabim bag‘rida ham

Unutmaymiz hech qachon

Xayr mehribon bog‘cham

(Ixtirochi kirib keladi)

Boshlovchi: Voy! Bu kim bo‘ldi?

Donobek: Meni tanimadingizmi? Men bo‘lajak buyuk ixtirochi Donobek bo‘laman, mana bu men yasagan qurilma Bu qurilmam bilan kelajakka sayr qilsam bo‘ladi

Boshlovchi: Voy, rostdanmi?

Donobek: Xa rostdan.

Boshlovchi: Voy bolalar sizlar ham xohlaysizmi sayoxat qilishni

Bolalar: Xa

Donobek : Qani unda ketdik

Boshlovchi: Voy bolalar qayerga kelib qoldik.

Donobek: Mana bolajonlar qurilmam o‘z kuchini ko‘rsatdi.

Boshlovchi: bolajonlar atrofga qaranglar, hamma joy elektronlashtirilgan, ttexnologiyalashtirilgan. Biz hozir kelajakka kelib qoldik.

Musiqa sadosi ostida robot kirib keladi

Robot: Voy bolajonlar Meni tanidingizmi? Men XXI asr robotiman meni yurtimga xush kelibsizlar Bu yerda nimalar bo‘lyapti?

Boshlovchi: Bayram bo‘lyapti

Robot: Kelinglar unda bayramni birga o‘tkazamiz. Bolajonlar bu yerga qanday kelib qoldingiz?

Boshlovchi: Biz ixtirochi Donobek bilan shu yerga kelib qoldik.

Robot: Bu yerda ixtirochi. Aqlli. Bilimdon bolalar kelishar edi.

Boshlovchi: Juda to‘g‘ri bizning bolalar ham aqlli va biliga chanqoq

Robot: Unda menga biror nima ko‘rsatib bering-chi?

Boshlovchi:Janob robot bolajonlar ijrosidagi rus tilida qo‘shiq bilishadi, raqs tushishadi.

Robot: Qani unda bir xordiq chiqaraylikchi.

Qo‘shiq: “Do svidanya, detskiy sad”

Shlyapali bolalar raqsi

Boshlovchi: Janob Robot bundan tashqari bolajonlarimiz mana bu harfli bo‘g‘inlar tasvirlangan kubiklardan foydalanib ba’zi so‘zlar yasashni ham bilishadi.

Ta’limiy o‘yin “Kubikni yig‘”

Boshlovchi: Ko‘rdingizmi janob robot bizning bolalar juda ham aqlli hamda epchil.

Robot: voy sizlar bu so‘zlarni bilgansizlar. Meni ham sinovimdan o‘tingchi? (Konvert tarqatdi) Bu konvertda sehrli harflar bor. Unda sizlarning ismlaringiz namoyon bo‘ladi. Siz o‘z ismingizni hosil qilishni bilasizmi?

O‘yin: “Ismingni top!”

Boshlovchi: Janob robot endi bolalarimiz ijrosida “Qo‘g‘irchoq” raqsini tomosha qilamiz.

Raqs: “Qo‘g‘irchoq”

Muxlisa: Do svidanya, Detskiy sad!

Nauchili nas v sadu

Mnogomu na svete

Kak chitat i kak pisat

Kak drujit vsem detyam!

Nafisa: Yuzimz yal-yal yonib,

Odilaymiz mardona

Qo‘limzda so‘mka bor

Biridachi guldasta

Maktab tomon chopqillab

Yuguramiz, shoshamiz

Shinam sinflar ichra

Biz bilimlar olamiz

Zaxro: Aziz ota-onalar , shirin-shakar bolalar

Bugun bayram tantana , ham katta shodiyona

Bog‘chamizda zo‘r bayram , mehmonlar ham jamuljam

Tezroq yangra qo‘ng‘iroq , biz maktabga boramiz

Boshlovchi: Janob robot bu bolalar endi maktabga tayyor. Mana bu buyumlar orasidan o‘zlariga ya’ni maktabga kerakli buyumlarni topa olisharmikan? Keling bir sinab ko‘ramiz.

Harakatli o‘yin: “Kim birinchi yig‘adi”

Qizlar ijrosida raqs: “Xorazmcha”

Boshlovchi: Janob robot bu bolalar xattoki sanashni va xisob-kitob qilishni bilishadi. Hozir men bir qancha topishmoqlar aytaman. Sen ham javobini topib ko‘r.

Topishmoq:

1 Misol: Qorga yiqildi Vali, uning ketidan Ali ,

Keyin yiqildi Jabbor, qorda qancha bola bor.(3ta).

2 Misol: Tushlikka quyonchaga tashrif buyurdi do‘sti.

To‘nkaga o‘tirvolib, sabzini mazza qilib,

Har biriga beshtadan, yedilar qarsillatib

Kim bilar sanog‘ini, nechta yeyilgan sabzi.(10ta).

3 Misol: Menda bordir besh pufak, birin berdim Nodirga.

Menda hammasi bo‘lib, nechta qoladi pufak? (4ta).

Robot: voy topishmog‘ingiz juda ham oson ekan. Qani mening qiyin amallarimni yecha olisharmikansiz?(bolalarga hisob-kitob amallari tasvirlangan kartochkalar tarqatadi)

O‘g‘il bolalar ijrosida “Xorazmcha” raqs

Behro‘z: Xayr g‘uv-g‘uv mashinam

O‘rtoq bo‘lgansan sen ham

Maktab yoshiga yetdim

Endi o‘qiyman men ham

Aziz:

Boshlovchi: Bolajonlar endi o‘z zamonimizga qaytadigan vaqt bo‘ldi. Qani Donobek ixtiro qilgan qurilmangni ishga sol.

Robot: Xayr. Bolalar

Hamma: Xayr. Xayr

Boshlovchi: Mana bolajonlar o‘z zamonimizga yetib keldik.

Qo‘shiq: “Xayr bog‘cham – bog‘cha opam”

Arabcha raqs

(To‘satdan ZO‘R TV kanali “Mening Onam” ko‘rsatuvi ijodkorlari kirib kelishadi. Ko‘rsatuv lavxasi saxnalashtiriladi)

Tadbir so‘ngida bolalar “Xayr bog‘cham” musiqa sadosi ostida raqs tushadilar.

Ommaviy raqs

E’tiboringiz uchun raxmat!

Darsliklar
«Xayr bog’cha salom maktab!» Ssenariysi