XAYR BOGʻCHAM (sher)
XAYR BOGʻCHAM Yetti yoshga toʻldim men, Rosa oʻynab-kuldim men. Endi navbat oʻqishga, “Alifbe” oʻrganishga. Xayr sevimli bogʻcham, Xayr oʻyinchoqlarim. Men maktabga boraman, Xayr qoʻgʻirchoqlarim. Ertaklarni oʻrgatgan, Uxlasak alla aytgan, Xayr bogʻcha opajon, Sogʻ boʻlingiz har qachon. Biz bilan qoʻshiq kuylab, Biz bilan sheʼr yod olgan. Xayr, musiqa ustoz, Sogʻinamiz sizni rost Sport maydonchasida Chiniqib kuchga toʻldik. Bir-birimizni quvlab Oʻyinga ham xoʻp toʻydik. Axil-inoq boʻlgancha Oʻynadik bekinmachoq, Nogoh topib olganda, Sevindik birga shu choq. Vatan, ona soʻzining Maʼnosini bildik biz. Hur oʻlkam madhiyasin Quloqlarga ildik biz. Davlatim bayrogʻini, Shon-shuhrat mayogʻini, Ranglar maʼnosin anglab Tushundim yarim oyini. Xumo qushi qanotin Yozib turgan baralla, Yurtim gerbi haqida Soʻzlab beray jaranglab. Xayr qoʻgʻirchoqlarim, Xayr oʻyinchoqlarim, Xayr bogʻcham, jon bogʻcham, Menga qadrdon bogʻcham.XAYR BOGʻCHAM (sher)
DO`STLARGA ULASHING:
XAYR BOGʻCHAM (sher)