XATTOTLIK

XATTOTLIK

XATTOTLIK (arab. — husnixat yozuvchi) , kalligrafiyayozuv (xat) sanʼati, kitob koʻchirish hamda meʼmoriy inshootlar, badiiy buyumlarning kitobalirini yaratish kasbi. Yozuvning paydo boʻlishi natijasida yuzaga keldi. Ayniqsa, arab yozuvining keng tarqalishi tufayli Xattotlikning rivojlanishi jadallashdi. Sharqda, jumladan, Oʻrta Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga qadar qoʻlyozma kitob tayyorlash, ularning nusxalarini koʻpaytirish (matn koʻchirish) bilan xattotlar shugʻullangan (q. Kitobat sanʼati). Xattotlar saroylarda, ayrim amaddorlar huzurida guruh boʻlib ishlagan. Jumladan, temuriy shahzoda Boysungʻur Mirzo (1397—1433) Hirotda tashkil qilgan kutubxonada musavvir, naqqosh va b. ustalar bilan bir qatorda 40 dan ortiq xattotlar qoʻlyozma kitoblar tayyorlash, yaroqsiz holga kelganlarini taʼmirlash bilan mashgʻul boʻlgan. Xattotlik sanʼatiga bagʻishlangan koʻplab risolalar 10 xil asosiy xat uslublari (nasx, kufiy, muxakkak, nastaʼlik, suls, tavqe, taʼliq, devoniy, riko, rikʼiy) mavjudligi haqida darak beradi.

Ensiklopediya.uz
XATTOTLIK