Xatolarga munosabat haqida
Xatolarga munosabat haqida
DO`STLARGA ULASHING:
…Hech bir amaliy ish qilmaydigan odamgina xato qilmaydi.
V. I. LENINHech nima qilmaydigan odamgina xato qilmaydi, holbuki uning asosiy xatosi ham shudir.
A. N. TOLSTOYShunday odamlar borki, hech qanday aqlli fikrlar bilan mashg‘ul emaslar va shuning uchun ham hech qachon adashmaydilar.
I. GYoTEShunday odamlar borki, ularning bor xizmati hech nima qilmaslikdir.
V. O. KLYuChEVSKIYKo‘p narsaga ruju qilgan odam ko‘p iarsada xato qilishi muqarrar.
MENANDRHar bir odam o‘zicha xato qiladi, negaki xatolar ko‘pincha apiqlikni har xil tushunishdan kelib chiqadi.
G. LIXTENBERGXatoning boisi mukammallikni bilmaslikdadir.
DEMOKRITXato bor-yo‘g‘i noto‘g‘ri mulohazalarping oqibati, xolos, ammo o‘jarlik bilan xatoda turib olnsh ko‘zga yaqqol tashlansa, bu irodasizlik belgisidir.
K. BOUVITurlicha xato qilish mumkin, ammo to‘g‘ri yo‘l esa bitta. shu sababli ham to‘g‘ri yo‘ldan ko‘ra xato qilish oson; mo‘ljalga tegishdan ko‘ra tegmaslik o‘ng‘ay.
ARASTU
O‘zni benuqson hisoblash adashishniig eng to‘g‘ri yo‘lidir.
P. BUASTXatolardan qo‘rqmang, ularsiz yashab bo‘lmaydi.
M. GORKIYXatolar aql beradi.
L. N. TOLSTOYBirovning xatosi — boshqaga saboq.
J. REYBirovlarning nuqsoni uchun o‘zingga pand berishing — men ko‘pincha shunday qilaman — noto‘g‘ri bo‘lganidek, o‘z nuqsonlaringni birovda ko‘rib, uni tanqid qilishing ham mutlaqo o‘rinsizdir, nuqsonga hech yerda o‘rin qoldirmay, hamisha va hamma joyda uni fosh etish kerak.
M. MONTENXatolaring va adashgan yo‘lingdan xafa bo‘lma. Hech narsa senga o‘z xatoingni anglab yetishingdan ortiqroq saboq bermaydi. O‘z-o‘zini tarbiyalashning eng asosiy omillaridan biri ham shudir.
T. KARLEYLDoimo xato qilib qo‘yishdan qo‘rqish hayotda yo‘l qo‘yishingiz mumkin bo‘lgan eng katta xatodir.
E. XABBARDKim uzluksiz ravishda g‘ayrat bilan oldinga intila borib o‘z xatolarini yo‘qotsa va kamchiliklarini yengsa, u shaxsiy kamolotnda yuksak cho‘qqilarni zabt etadi.
E. TELMANHali yosh ekanmiz, xato ham foydadan holi emas, faqat uni to qariguncha sudrab yurmasak bo‘lgani.
I. GYoTEXatolar, agar ularni tan olishga bo‘yin yor.bersa, hamisha kechirimlidir.
F. LAROShFUKOKishi xato qilishi mumkin. Xatoni riyokorlikka yo‘ymaydilar… Haq ish bir qancha xatodan keyin ham o‘lmaydi. Juda bo‘lmaganda asosiy g‘oyasi mustahkamligicha qoladi. Agar birinchi qadamdan natija chiqmasa, ikkinchisidan chiqadi.
F. M. DOSTOEVSKIYBuyuk kishilar ham xato qiladilar, ulardan ayrimlari shunchalik ko‘p yanglishadilarki, ularni o‘rtamiyona odamlar qatoriga qo‘shib qo‘yishingga sal qoladi.
G. LIXTENBERGGap hech vaqt xato qilmaslikda emas, balki uni mardlarcha tan olib, aql bilan ish ko‘rigaingdadir.
V. G. BELINSKIYOdam qanchalik qudratli, axloqi qanchalik yuksak bo‘lsa, o‘zining zaif tomonlari va kamchiliklariga ham gaunchalik jur’at bilan qaray oladi.
V. G. BELINSKIYXatolarni tuzatish o‘rniga qaysarlik qilish har bir odam-ning yoki butun bir jamoatning obro‘sini to‘kadi.
B. FRANKLINSoxta fazilatli kishilar o‘z kamchiliklarini boshqalardan ham, o‘zlaridan ham yashiradilar, yaxshi fazilatli kishilar esa o‘z xatolarini aniq biladilar va ular haqida ochiqdan-ochiq gapiraveradilar.
F. LAROShFUKOKim hech qachon telbalpk qilmagan ekan, u o‘zi o‘ylaganchalik dono emas.
F. LAROShFUKOKishining ziyrakligi hech qachon xato qilmaslikda emas, balki uni qayta takrorlamaslikdadir.
K. BOUVITuzatib bo‘lmaydigan mayda xatolardan yirik illatlarga o‘tish oson.
SENEKAInson o‘zini boshqacha qilib bo‘yab ko‘rsatmagan bo‘lsagina o‘z kuchiga ishonadi.
P. A. PAVLENKOFaqat kuchli odamgina o‘z aybiga iqror bo‘ladi. Faqat kuchli odam kamtar, faqat kuchli odam kechiradi… hatto yozilib kulgan ham kuchli odam, aksariyat uning‘ kulgisi ko‘z yoshlaridir.
A. I. GERSENKim o‘z kamchiliklarini tan olishdan uyalsa, bora-bora u orsizlarcha katta gunoh bo‘lgan o‘z qabihliklarini ham oqlay boshlaydi.
G. S. SKOVORODAFanda darslarni yodda tutish uchun ularii takrorlab turish kerak; axloqda esa xatolarni qaytarmaslik uchun ularni yodda tutish kerak.
V. O. KLYuChEVSKIYKo‘plar xato qilmaslikka intilishdan ko‘ra xatodan pushaymon bo‘lishni yaxshi fazilat deb hisoblaydilar.
G. LIXTENBERGAgar kishi aynan bir xatoni ikki marta takrorlasa, u qo‘lini ko‘tarib yo tuturuqsizligini, yoki qaysarligini tai olishi kerak.
J. LORIMERShuni yodda tutki, fikringni o‘zgartirib, xatoingni tuzatadigan yo‘lga yurishing o‘z xatoingga yopishib olganingga qaraganda ko‘proq senga erkinlik beradi.
MARK AVRELIYBarcha odamlar yanglishadilar, lekin buyuk kishilargina o‘z xatolarini tan oladilar.
B. FONTENELIshni tuzatib bo‘lmaydigan darajaga olib borgandan ko‘ra xatoni tan olnsh ancha olijanobroqdir.
L. N. TOLSTOY…Agar xatoda turib olinsa, agar uni chuqur asoslab bera boshlansa, agar uni «oxirigacha yetkazilsa», arzimagan xatodan ham har vaqt haddan tashqari katta xato keltirib chiqarish mumkin.
V. I. LENINOg‘ir xato ko‘pincha jinoiy ahamiyat kasb etadi.
SENEKAHar kim xato qilishi mumkin, faqat nodongina o‘z xatosini tan olmaydi.
SISERONBizning har qanday nuqsonimiz shu nuqsoini yashirmoqchi bo‘lib qilgan nayranglarimizdan ko‘ra kechirarlidir.
F. LAROShFUKOUyatchanlik o‘z xatolaringni tan olishdan boshqa barcha hollarda o‘runlidir.
G. LESSINGSernuqsonlik, shubhasiz, yomon, ammo undan ham yomonrog‘i, o‘zingda ularni tan olmaslik istagi, bunda mazkur nuqsonlarga o‘z-o‘zini aldash ham qo‘shiladi.
PASKALO‘zini-o‘zi aldash dahshat, chunki bunda aldovchi hamisha aldanuvchida mujassam bo‘ladi.
AFLOTUNO‘zgalarni aldash ishni chigallashtiradi va bir qarorga kelishni qiyinlashtiradi, lekin haqiqat deb ro‘kach qilin-gan inson ko‘nglidagi yolg‘on esa odamni umrbod nobud etadi.
L. N. TOLSTOYO‘z illatlaringni so‘z bilan niqoblashga emas, aksincha, oshkora davolashga urin.
PIFAGORO‘z nuqsonini bartaraf etishda o‘zi to‘grisidagi yomon gapdan foydalana bilgan kishigina baxtiyordir.
V. ShEKSPIRO‘z ustingizdan kulishdan cho‘chimang, o‘z-o‘zini tanqid ham xuddi yuvinish kabi zarurdir.
M. GORKIYTom ma’nodagi o‘z-o‘zini tanqid — vijdonning ovozi.
V. A. SUXOMLINSKIYO‘z ayblaringni yashirish bilan yaxshi odam bo‘lib qolmaysan; bu nuqsonlarni sidqidildan tan olsak obro‘yimiz qaytaga ortadi.
LIXTENBERGO‘z nohaqligingizni tushunishingiz, avvalgidan ko‘ra aqlliroq bo‘lishingiz demakdir.
P. BUASTO‘z ojizligini tan olish bilan inson yanada baquvvatlashadi.
O. BALZAKziyouz.uz
Xatolarga munosabat haqida